I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
10
-C 16 va salomaslar yog’ kislotalarini almashtiruvchi C 17 -C 20 fraktsiyalari ishlatiladi. Sun`iy yog’ kislotalari juft va toq uglerod atomlaridan tarkib topgan kislotalar aralashmasidan iborat bo`lganligi sababli, ularni ishlatib hosil qilingan sovunlarning qovushqoqligi tabiiy yog’ kislotalarini ishlatib hosil qilingan sovunlar qovushqoqligidan past bo`ladi, bu esa tez cho`kma hosil bo`lishini ta`minlashi sababli sovun pishirish qozonlarining ish unumdorligini oshishiga olib keladi. Bunda hosil bo`ladigan mahsulot juda yaxshi plastik xususiyatlarga ega bo`lib, sovun tayyorlash jarayonining keyingi bosqichlarida unga oson ishlov berish mumkin. Lekin tovar sun`iy yog’ kislotalari tarkibida anchagina 104 miqdorda bo`ladigan aralashmalar sovun eritmalarining fizik-kimyoviy va yuvish xususiyatlariga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Bunday nomaqbul aralashmalar jumlasiga quyidagilar kiradi: - sovunlanmaydigan moddalar; ularning miqdori ba`zi fraktsiyalar tarkibida to 5% gacha bo`lishi mumkin, voholanki, tabiiy yog’ kislotalari tarkibida ular 1% dan ko`p bo`lmaydi; - uglerod atomlari soni 10 tadan kam bo`lgan kichik molekulyar yog’ kislotalari; ular tabiiy yog’ kislotalari tarkibida deyarli uchramaydi va yuvuvchi xususiyatga deyarli ega emas. Bu aralashmalar temir apparatlarni juda tez korroziyaga uchratadi va mahsulot rangining qorayishiga olib keladi; - uglerod atomlari soni 20 dan ortiq bo`lgan yuqori molekulyar yog’ kislotalari; ular ham yuvish xususiyatlarga ega emas va tabiiy yog’lar tarkibida juda kam uchraydi; - gidroksikislotalar va dikarbon kislotalari; ular ham tabiiy yog’lar tarkibida uchramaydi; Agar paxta moyi yog’ kislotalaridan olingan sovunning yuvish qobiliyatini 100% ga teng deb qabul qilsak, u holda C Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling