100
Chunki
ularning
to`yingan
qismi
strukturasi
xuddi
to`yingan
yog`
kislotalarinikiday va molekulaning bu qismi xuddi 9-rasmda ko`rsatilganday
to`g`ri chiziqli. Qo`shbog` (yoki uchbog`) joyida esa ma`lum bir farqlar kuzatiladi.
Olefin kislotalarda to`yinmagan uglerod atomlari orasidagi bog`lanish
uzunligi
0,134 nm ni tashkil etadi. Bu to`yingan uglerodlar orasidagi bog`lanish
masofasidan (0,154 nm) kichik. C –C = C orasidagi burchak 120
0
ni tashkil etadi,
C – C – C uchun esa yuqorida ko’rsatilganiday bu burchak 116
0
C ga teng edi.
Shu bilan birga shuni
ham nazarda tutish kerakki,
tsis-izomer kislotalarida
qo`shbog`ga nisbatan bir tomonga joylashgan molekulaning
ikkala qismi bu
qo`shbog`ga nisbatan ma`lum burchak ostida qayrilgan holda joylashadi (10- va 11
-rasmlar):
Tsis-izomer to`yinmagan yog` kislotalarining har bir qo`shbogi joyida bunday
qayrilish
holati kuzatiladi,
shu sababli tsis-izomer
holatida kislotalarning
to`yinmaganlik darajasi qanchalik yuqori bo`lsa,
ularning molekulasidagi
10-rasm. Tsis-to`yinmagan yog` kislotalari uglerod atomlari
markazlarining qo`shbog` yonida joylashuvi
11-rasm. Olein kislotasi molekulasining modeli
101
uglevodorod radikali strukturasining qayrilish (egilish)
darajasi ham shunchalik
katta bo`ladi (12- rasm):
Lekin
trans-izomer holatida strukturaning bunday
qayrilishi kuzatilmaydi va
to`yingan yog` kislotalari strukturasidan juda kam farq qiladi (13-, 14- va 15-
rasmlar):
12-rasm. Tsis-tsis-linol kislotasi modeli
Do'stlaringiz bilan baham: