I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
19
Н 34 О 2 aniqlangan: Lactobacillus arabinasus va boshqa bakteriyalar lipidlarida tsiklopropan halqasiga ega bo’lgan laktobatsillik kislotasi aniqlangan: Ushbu kislota tuzilishi to'liq aniqlanmagan. Tayanch iboralar: Lipidlar, gomologlar, gomologik qator, to`yingan yog` kislotalari, to`yinmagan yog` kislotalari, o’ta to’yinmagan yog` kislotalari, alkin kislotalari, dikarbon kislotalar, alitsiklik kislotalar, funktsional guruhlar, nomenklatura, tizim. 92 Nazorat savollari: 1. “Lipidlar” tushunchasini izohlab bering. 2. Oddiy va murakkab lipidlar deganda nimani tushunasiz? 3. Gomologlar degani nima? 4. “Gomologik qator” deganda nimani tushunasiz? 5. Alifatik yog` kislotalarining nomlanishi nimaga asoslangan? 6. Yog’lardagi to’yingan yog’ kislotalari miqdori bilan ularning suyuqlanish harorati orasida qanday bog’liqlik bor? 7. To'yingan va to'yinmagan yog 'kislotalarining biologik ahamiyati nimalardan iborat? 8. To'yingan yog 'kislotalarini me’yordan ortiq iste’mol qilish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? 9. Alkenpoliyen kislotalariga misollar keltiring. 2.2. MOYLAR VA YOG`LARNING YOG` KISLOTALARI TARKIBI. ASOSIY YOG’LARINING TAVSIFI. 2.2.1. Yog’ qatori birikmalari sifatida triglitserid tarkibiga kiruvchi yog’ kislotalarining tavsifi. Tabiiy yog`lar tarkibida turli xil yog` kislotalari kiradi. Ular o`z navbatida tarkibi va molekulasining tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Tabiiy yog`larning yog` kislotalari uchun quyidagilar xarakterlidir: Yog` kislotalaridagi uglerod atomlari soni ko`pincha juft bo`ladi. Uglerod atomlari soni toq bo`lgan yog` kislotalari tabiiy yog`larda juda kam hollarda uchraydi; Tabiiy yog`lar tarkibidagi yog` kislotalari asosan monokarbon kislotalardir, bundan mustasno hollar juda kam uchratiladi; Yog` kislotalari asosan to`g`ri (tarmoqlanmagan) zanjirli uglerod atomlaridan tashkil topgan; Yog` kislotalari to`yingan va to`yinmagan bo`lishi mumkin. To`yinmagan yog` kislotalari olefin (qo`shbog`li) yoki uchbog`li (alkin) bo`lishi mumkin. Ahyon 93 hollarda to`yingan va to`yinmagan yog` kislotalari tarkibida qo`shimcha funktsional guruhlar – gidrooksil (gidrooksikislota) yoki karbonil (ketokislota) guruhlari ham uchrab turadi. To`yingan yog’ kislotalaridan chumoli, sirka va propion kislotalari tabiiy yog`lar tarkibida juda kam uchraydi. Moyli (maslyanaya kislota), geksan, oktan, dekan kislotalari juda kam miqdorda sut yog`i atsilglitserinlarida uchrab turadi. Oktan va dekan kislotalari kokos yong`og`i va boshqa pal’ma mevalari yog`lari tarkibida uchratiladi. Laurin va miristin kislotalari, ko`pgina o`simliklar, xususan ekzotik o`simliklar, jumladan, pal’ma o`simliklari mevalari yog`larida, muskat va kokos moylarida borligi aniqlangan. Ba`zi bir hayvonlar yog`i tarkibida miristin kislotasi ham uchraydi. Pal’mitin va stearin kislotalari yog`larning deyarli barchasi tarkibida bor. Suyuq o`simlik moylarida pal’mitin kislotasi miqdori odatda stearin kislotasinikiga nisbatan birmuncha ko`proq bo`ladi. Qattiq o`simlik yog`lari ham bu kislotaga boy, masalan pal’ma yoki kakao yog`i (moyi). Qattiq va eruvchanlik harorati yuqori bo`lgan hayvon yog`laridagi yog` kislotalarining 20-30% ni stearin kislotasi tashkil etadi. Araxin va begen kislotalari ko`pgina o`simlik yog`larida juda kam miqdorda (3-5%mas.) uchraydi. Bundan ham yuqori molekulyar yog` kislotalari mumlar tarkibiga kiradi. Ba`zi bir bakteriyalarning lipidlari tarkibida tarmoqlangan uglerod atomlari zanjiridan iborat yog` kislotalari bo`lishi mumkinligi aniqlangan. Aniqlanishicha, o`simlik yog` va moylari tarkibida ko`pincha uglerod atomlari soni 18 ta bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalari uchratiladi. 16 ta uglerod atomli (pal’mitolein kislotasi) va 22 ta uglerod atomli (eruk kislotasi) to`yinmagan yog` kislotalari o`simlik yog`lari tarkibida birmuncha kamroq uchratiladi. Uglerod atomlari soni boshqacha bo`lgan to`yinmagan kislotalar esa bundan ham kam hollarda va juda ham kam miqdorda uchraydi. Qurug’likda yashovchi hayvonlarning yog`ida asosan 18 ta uglerod atomi 94 bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalari bo`ladi. Bular asosan olein kislotasi va uning izomerlari, hamda ba`zan linol kislotasidir. Dengiz hayvonlari va baliqlar yog`ida esa uchratiladigan to`yinmagan yog` kislotalari molekulalarida uglerod atomlari soni turlicha bo`lishi mumkin. Bu molekulalardagi uglerod atomlari soni 16 tadan 24 tagacha etadi. Yog`larda qo`shbog`lari soni 1 tadan 6 tagacha bo`lgan to`yinmagan kislotalar uchraydi. O`simlik va qurug’lik hayvonlari yog`ida qo`shbog`lari soni 1 tadan 4 tagacha bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalari aniqlangan. To`yinmaganlik darajasi bundan yuqori bo`lgan kislotalar asosan dengiz hayvonlari va baliqlar yog`i tarkibida bo`lishi mumkin. Yuqorida ta’kidlab o’tilganiday, agar qo`shbog`lar soni bir nechta bo`lsa, odatda ular molekulaning uglerod zanjirida shunday tartibda joylashgan bo`ladiki, bunda qo`shbog`lar uglerod atomlari zanjirini uchga karrali ravishda (3-, 6-, 9-, 12- va h.k. uglerod atomlaridan keyin) bo`lib chiqadi. Yog`larning bir necha xil klassifikatsiyalari ma`lumdir. Bu klassifikatsiyalardan birida asos qilib yog` olinadigan xom-ashyoning tabiati va kelib chiqishi olingan. Bu klassifikatsiyaga asosan yog`lar hayvon va o`simlik yog`-moylariga bo`linadi. O`z navbatida hayvon yog`lari quyidagilarga bo`linadi: qurug’likda yashovchi hayvonlarning zahira (jamg`arma) yog`lari, sut yog`lari, qush va parrandalar yog`lari, suv hayvonlari va baliqlar yog`lari va h.k. O`simlik yog`lari esa urug`lardan va mevalar mag`zidan olinadigan yog`- moylarga bo`linadi. Bundan tashhari yog`-moylar ular tarkibidagi asosiy yog` kislotalari (20% dan ortiq bo`lganlari) nomiga qarab ham klassifikatsiyalanadi. Masalan, zaytun moyini oleinli moylar (80-90% olein kislotasi), kungaboqar moyini linol-oleinli moylar (50-60% linol va 35-40% olein kislotasi), mol yog`ini oleino-pal’mito-stearinli yog`lar jumlasiga kiritish mumkin. 95 Ammo bu klassifikatsiya ham mukammal emas, chunki bunda yog`larning fizik-kimyoviy xossalarining glitseridlar strukturasi bilan bog`liqligi hisobga olinmaydi. Yog`lar xona harorati sharoitida qattiq va suyuq yog`larga bo`linadi. Suyuq yog`larga moylar deb aytiladi. O`z navbatida qattiq o`simlik yog`lari ikki guruhga bo`linadi: tarkibida uchuvchan yog` kislotalari bilan birga anchagina miristin va laurin kislotasi bo`lgan va bu kislotalari deyarli bo`lmagan yog`lar. O`simlik moylari qurib, yuzasida parda hosil qila olish qobiliyatiga qarab besh guruhga bo`linadi: 1. Tarkibida uchta ketma-ket qo`shbog`i bo`lgan (trisopryajyonnie dvoynie svyazi) moylar (tungovoe maslo). 2. Tarkibida juda ko`p miqdorda linolein kislotasi bo`lgan moylar (zig’ir). 3. Tarkibida juda ko`p miqdorda linol kislotasi bo`lgan moylar (ko`knor urug`i moyi). Bunday moylar tarkibida linolein kislotasi umuman yo`q, yoki juda kam miqdorda. 4. Zaytun moyiga o`xshagan tarkibida olein kislotasi (boshqa to`yinmagan kislotalar bilan birgalikda) ko`p bo`lgan moylar. 5. Tarkibida ko`p miqdorda ritsinol kislotasi bo`lgan kastor moyi. Yog`larning yog` kislotalari tarkibi juda muhim ahamiyatga ega, ammo yog`lardagi glitseridlar tarkibi va tuzilishi ham ularning xossalariga katta ta`sir ko`rsatadi. Lekin glitseridlar tarkibi haqida to`la ma`lumotga ega bo`lish amalda juda murakkab tajribalar o`tkazishni va ko`p vaqtni talab qiladi. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, yog`lardagi yog’ kislotalari qoldiqlarining glitserin qoldig’idagi 1-, 2- va 3 - holatlarda joylashuv tartibi ham o`ziga xosdir. Ko`pgina o`simlik moylarida uglerod atomi soni 18 ga teng bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalarining 95-99% gachasi glitserin qoldig’ining 2- holatida joylashgan bo`ladi. Masalan, paxta moyida bu 89% ni, kungaboqar moyida 93-95% ni, masxar (soya) moyida 97-99% ni tashkil etadi. Pal’mitin, stearin va eruk kislotalari atsillari o`simlik moylarida deyarli doimo glitserin qoldig’ining 1 -va 3- holatlarida uchraydi. Kakao moyining o`ziga xosligi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling