I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
To`yinmagan yog` kislotalari
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’yinmagan ba’zi yog’ kislotalarining tavsifi
To`yinmagan yog` kislotalari.
Olefin qatoridagi (ya`ni qo`shbog`li) to`yinmagan yog` kislotalari tabiatda keng tarqalgan. Yog`larda ularning miqdori ko`pincha to`yingan yog` kislotalariga nisbatan anchagina ko`proq bo`ladi. Ko`pchilik hollarda ular yog`lardagi kislotalarning 90 % gachasini tashkil etishi mumkin. Ularning umumiy formulasi C n H 2n - 2m O 2 , bunda m-kislota molekulasidagi qo`shbog`lar soni. Ko`proq uchraydigan to`yinmagan (alken qatoridagi) yog` kislotalarining ba`zilari tavsifi 17-jadval jadvalda keltirilgan: 17-jadval To’yinmagan ba’zi yog’ kislotalarining tavsifi Nomlanishi Formulasi Molekulyar massasi Suyuqlanish harorati, 0 C Sistematik Trivial 9-Dodetsen kislotasi Lauroolein kislotasi C 12 H 22 O 2 198,30 4-Tetradetsen kislotasi C 14 H 26 O 2 226,35 18,5 5-Tetradetsen kislotasi C 14 H 26 O 2 226,35 9-Tetradetsen kislotasi Miristoolein kislotasi C 14 H 26 O 2 226,35 86 17-jadvalning davomi Nomlanishi Formulasi Molekulyar massasi Suyuqlanish harorati, 0 C Sistematik Trivial 9-Geksadetsen kislotasi Palmitoolein, zoomarin, fizetol kislotasi C 16 H 30 O 2 254,40 0,5 6-Oktadetsen kislotasi Petrozelin kislotasi C 18 H 34 O 2 282,45 30 9-Oktadetsen kislotasi Olein kislotasi C 18 H 34 O 2 282,45 α +13,4 trans-9-oktadetsen kislotasi Elaidin kislotasi C 18 H 34 O 2 282,45 β +16,3 trans-11-oktadetsen kislotasi Vaktsen kislotasi C 18 H 34 O 2 282,45 46,5 9-Eykozen kislotasi Gadolin kislotasi C 20 H 38 O 2 310,50 44 11-Dokozen kislotasi Tsetolein kislotasi C 22 H 42 O 2 338,56 13-Dokozen kislotasi Eruk kislotasi C 22 H 42 O 2 338,56 34,7 trans-13-Dokozen kislotasi Brassidin kislotasi C 22 H 42 O 2 338,56 61,9 15-Tetrakozen kislotasi Nervon kislotasi C 24 H 46 O 2 366,61 42,5 Qo`shbog`ning molekulada joylashgan joyini belgilash uchun belgisi formula oldiga qo`yib yoziladi va bu belgidan so`ng formuladagi to`yinmagan uglerod atomlarining tegishli rahami qo`yiladi. Bunda karboksil guruhi uglerod atomi birinchi rahamli uglerod atomi hisoblanadi (masalan: olein kislotasi – oktadetsen kislotasi 9-10- C 18 H 34 O 2 , yoki linol kislotasi – oktadekadien kislotasi 9- 10, 12-13- C 18 H 32 O 2 ). Odatda karboksil guruhiga yaqin bo`lgan to`yinmagan uglerod atomininggina nomeri yoziladi ( masalan, linol kislotasi uchun : tsis 9, tsis12- C 18 H 32 O 2 ). To`yinmagan kislotalar fazoviy izomerlarining formulasi oldiga «tsis-», yoki «trans-» degan qo`shimcha iboralar qo`shiladi, ammo odatda «tsis-» qo`shimchasi yozilmay qo`yilishi mumkin. Bir qo`shbog`li to`yinmagan yog` kislotalariga C n H 2n - 2 O 2 alken (yoki olein) qatoridagi yog` kislotalari deb ataladi. Bularga miristoolein kislotasi C 14 H 26 O 2 , 87 pal’mitoolein kislotasi (zoomarin kislotasi) C 16 H 30 O 2 , olein kislotasi C 18 H 34 O 2 (9- oktadetsin kislotasi), elaidin kislotasi C 18 H 34 O 2 (trans-9-oktadetsin kislotasi) va h.k. misol bo`la oladi. Bu kislotalardan tabiiy yog`lar tarkibida eng keng tarqalgani olein kislotasidir. Olefin kislotalar (alken kislotalar) bir-biridan uglerod atomlarining soni, molekulasining tarmoqlangan yoki tarmoqlanmaganligi, qo`shbog`lar soni va ularning joylashuvi tartibi (pozitsion izomeriya) hamda molekulalarining fazoviy konfiguratsiyasi (tsis- va trans- izomerlar) bilan farq qiladi. Hozirgi paytgacha tekshirilgan to`yinmagan yog` kislotalarining barchasi tarmoqlanmagan uglerod atomlari zanjiridan iboratdir. Ammo, hali kashf etilmagan tarmoqlangan uglerod zanjirli to`yinmagan kislota borligi ham ehtimoldan xoli emas. Ikki yoki undan ortiq qo`shbog`li to`yinmagan yog` kislotalariga C Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling