I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

1.1.6. Yog`larning ahamiyati 
Organizmda yog`lar birinchi navbatda zaxira rolini o`ynaydi. Yog`larning 
energetik qiymati uglevod va oqsillarning energetik qiymatiga nisbatan katta, shu 
sababli ular asosiy energiya manbai hisoblanadi. Yog`larning kaloriyaviyligi 
37,6

10
6
j/kg, uglevodlarniki 16,7

10
6
j/kg, oqsillarniki 18,8

10
6
j/kg.
Lipidlar himoya funktsiyasini bajaradi. Teri osti yog` to`qimasi o`zining 
yomon issiqlik o`tkazuvchanligi sababli organizmni sovuqdan saqlaydi. Faol 
organlarni (yurak, buyrak, ichaklar va h.k.) o`rab oladigan yog` to`qimalari bu 
organlarni zarbalar ta`siridan saqlab, o`ziga xos amortizatorlar rolini o`ynaydi. 
Yog’lar termoregulyatsiya xossasiga ega bo‘lib, organizmdagi issiqlikni boshqarib 
turadi. 
Lipidlar hamma hujayralar membranasining struktura birligi hisoblanadi 
va membrananing yarim o‘tkazgichligini ta’minlab turadi. 
Yog`larning fiziologik ahamiyati ham juda katta. Chunki ular tarkibida 
erigan holda fosfatidlar, sterinlar, vitaminlar (A,D,E,K) kabi fiziologik faol 
moddalar bo`ladi, ko’pgina vitaminlar va gormonlar lipidlarga xos bo’lib, 
organizmda maxsus boshqarish funktsiyalarini bajaradi. Sterinlar ko‘pgina 
biologik faol moddalar - vitaminlar, gormonlar va hujayra membranalari hosil 
bo‘lishida ishtirok etadi, 
xolesterin almashinuvini normallashtiradi.
Atsilglitserinlarning o`zi ham organizm uchun fiziologik katta ahamiyatga 
ega. Xususan, vitamin F yoki essentsial yog` kislotalari deb ataluvchi linol, linolein 
va araxidon yog` kislotalari qoldiqlaridan tashkil topgan glitseridlar organizmdagi 
sterinlar almashinuvida faol ishtirok etishadi. Organizmda essentsial yog` 
kislotalari yetishmaganda xolesterin to`yinmagan yog` kislotalari bilan moddalar 
almashinuvi jarayonida juda qiyin oksidlanadigan murakkab efirlar hosil qiladi deb 
hisoblanadi. Xolesterinning bunday efirlari kimyoviy jihatdan juda turg`unligi 
sababli ular qonda, arteriya devorlarida to`planib qolishi xavfi tug`iladi. Odam 
organizmining normal hayot faoliyati uchun sutkasiga o`rtacha 12 g essentsial yog` 
kislotalari iste`mol qilish mumkin deb hisoblanadi.
To`yinmagan yog` kislotalari kislota ta`siriga chidamli bakteriyalar uchun 


19 
antibiotik (ya’ni hayot faoliyatini pasaytirish) ta`sirga ega. To`yingan yog` 
kislotalari esa organizm uchun asosan energiya manbai bo`lib xizmat qiladi va 
plastik ahamiyatga ega.
Urug’larda ko’p miqdorda bo’ladigan yog‘ o‘sha o‘simlik niholi
mustaqil oziqlanishga o‘tib olguncha uni energiya bilan ta’minlab turishi
uchun zarurdir.
Texnikaning turli tarmoqlarida yog`lar xom ashyo yoki yordamchi 
materiallar sifatida katta rol’ o’ynaydi. 
Lipidlar suv manbai bo’lib, ular parchalanganda suv ajralib turadi. 1 kg 
yog‘dan u oksidlangan mahalda qariyb 1,1 kg suv hosil bo‘ladi. Bu ba’zi 
hayvonlarning uzoq vaqtgacha qanday qilib suvsiz yashay olishini izohlab beradi. 
Masalan, suvsiz sahrolarni oshib o‘tadigan tuyalar 10- 12 kungacha suv ichmasligi 
mumkin. Ayiqlar, sug‘urlar va boshqa hayvonlar uyquga kirgan paytida ikki oydan 
ko’proq vaqt suv ichmaydi. Hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan suvni bu 
haynonlar yog‘ oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladigan suvdan olib turadi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling