20
8. Moyli urug`lar deganda nimani tushunasiz?
9. O’zbеkistоndа mоyli хоm аshyolаrning аsоsiy turlаri.
10. Yog`larning fiziologik va plastik ahamiyati nimalardan iborat?
1.2. MOYLI URUG’LAR VA MEVALARNING
MORFOLOGIK VA ANATOMIK TAVSIFI
Morfologiya (yunoncha
- morfo - shakl; logos - fan deganidir) -
o‘simlikning tashqi tuzilishi, shakli, individual rivojlanishi va tarixiy taraqqiyotini
o‘rganadi. Morfologiya fani o‘z navbatida o‘simliklar
anatomiyasi - ularning
ichki tuzilishini o‘rganadi.
Urug’larning morfologik belgilariga o’lchami, shakli, rangi,
yuzasi va
boshqalari kiradi. Urug’ning o’lchamlari uning uzunligi,
kengligi va qalinligi
bilan belgilanadi. Shakli oval, dumaloq,
tuxumsimon, uzunchoq,
uchburchak va
h.k. bo’lishi mumkin.
Urug’ rangi uning turi va navining belgisidir. Pishib etish, yig’ish va
saqlash sharoitlari urug’ rangiga ta’sir qilishi mumkin.
Urug’ning
yuzasi silliq, qirrali, g’adir-budir bo’lishi, turli xil
o’simliklarning urug’i
yuzasida tikanlar, tolalar (momiqlar), o’simtalar bo’lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: