I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
savatlilar (savatcha)- to‘pgulning yuqori qismi savatcha singari
kengaygan bo‘lib, unda bandsiz mayda gullar joylashgan. Savatchaning atrofini yon va ost tomonidan bargchalar o‘rab turadi. Bu bargchalar hali ochilmagan yosh gullarni himoya qiladi (masalan, kungaboqar, maxsar); panjasimonlar -to‘pgulning uzun o‘qida gullari gulbandi bilan joylashgan, gullari pastdan yuqoriga qarab birin-ketin ochiladi; murakkab panjasimonlilarga kanakunjut, moyli pal’ma, panjasimonlarga xantal, zig’ir va boshqalar kiradi; so’ta - bitta etdor yo‘gon o‘qda boshoqdagi singari bir necha gullar joylashadi (makkajo‘xori); 22 boshoq - to‘pgulning o‘qida gullari gulbandsiz joylashgan; murakkab boshoq –markaziy o‘qda bir necha boshchalar zich o‘rnashgan (arpa, bug’doy); soyabon - to‘pgulning asosiy o‘qi, qisqargan gulbandi bir xil uzunlikda bo‘lib, gullari bir nuqtada o‘rnashgan (gilos, nok, piyoz); murakkab soyabon - to‘pgulning birlamchi o‘qining uchida oddiy soyabonchalar o‘rnashgan (ukrop, kashnich). 1.2.2. Urug’ va meva tushunchasi Urug' va meva – bu ikki asosiy tushunchani ajratib ko'rsatish kerak. Urug' va meva urug’lanishdan so’ng rivojlana boshlaydi. Urug’ urug’murtakdan, meva esa urug’chi tugunchasidan shakllanadi. Urug'ning urug'lantirilishi natijasida uning yadrosi va tuxumlari - ovulning elementlaridan kelib chiqqan tuzilma tushuniladi. Meva urug’ning atrofini to’liq o’rab olgan bo’lib urug’ pishgunga qadar meva ichida yopiq holda bo’ladi. Gulli o`simliklar ko`payishining o`ziga xos tomoni gul hosil qilishi hisoblanadi. Gulning o`rtasida (bir yoki bir necha) urug’chi, atrofida changchilar joylashgan bo`ladi. Urug’chi pastki qismi kengayib borib boshchani, yuqorisi esa ingichkalashib borib ustunchani hosil qiladi. Ustunchaning yuqori qismi tumshuq deb ataladi va changlarni ushlab oladi. Boshcha ichida urug’ kurtagi joylashgan. U keyinchalik urug’ qobig’ini hosil qiluvchi bir jinsli to`qima - integument bilan o`ralgan nutselladan (o`zakdan) iborat. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling