I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Mevalarning morfologik xususiyatlariga ko’ra turlari


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

1.2.3. Mevalarning morfologik xususiyatlariga ko’ra turlari 
Yuqorida ta’kidlanganidek, meva to`qimasining xossalariga ko`ra mevalar 
qurug’ va ho`l mevalarga bo`linadi. Ko`pchilik moyli o`simliklarning mevalari 
quruq mevalarga kiradi.
Urug’larning soniga ko`ra mevalar bir urug’li va ko`p urug’li turlarga 
bo`linadi. 
Quruq va xo’l mevalar o’z navbatda yana bir necha turlarga bo’linadi. 
Qurug’ mevalarga bir urug’lilar, ikki urug’lilar, yong’oqlar, ko’saklar, 
dukkaklilar, qo’zoqlar, donlilar va boshqalar kiradi. Ho`l mevalarga - danaklilar
rezavorlar va boshqalar kiradi. 
Urug’cha. Yarim yog’ochsimon urug’ atrofiga ega bo`lgan bunday mevalar 
zich po`stloqli meva ichida bitta urug’ erkin joylashgan bo`ladi. Yetilish vaqtida 
urug’ ajralmaydi va meva bilan birga tushadi. 
Urug’chaning o`ziga xos turi kungaboqar urug’i hisoblanadi. Urug’chani 
meva qobig’i mustahkam o`rab turadi va yoq-moy zavodlarida urug’chani meva 
qobig’idan ajratish uchun maxsus texnologik jarayon amalga oshiriladi. Maxsar 
urug’lari ham urug’cha hisoblanadi.
Qo`shurug’cha. Urug’chadan farqli tarzda qo`shurug’cha ikki uyali
tugunchada hosil bo`ladi, yetilish vaqtida ikkita urug’chaga ajraladi. Urug’lardan 
har biri urug’chalar erkin joylashgan ochilmagan mevadan iborat. Qo`shaloq 
urug’chaga efir moyli o`simlik kashnich (koriandr) misol bo`ladi.
Yong’oqsimonlar 
(yong’oqcha). 
Yong’oqchaning 
meva 
atrofi
yog’ochsimon, juda zich, bir yoki ko`p urug’li bo`ladi. Agar meva atrofi ko`p 
urug’li bo`lsa, yetilish vaqtida meva alohida yong’oqlarga ajraladi. 
Yong’oqchalarda urug’lar meva atrofi bilan birikmaydi yoki juda kuchsiz birikadi. 
Yong’oqchalar odatda bir urug’li bo`ladi.
Yong’oqchalar ayiqtovonlar, galviraksimonlar, nashasimonlar oilasiga 
mansub o`simliklarga xos. Moyli o‘simliklardan yong‘oqsimon mevaga ega 


26 
bo‘lgan perilla, lyallemansiya, kanoplarni aytib utish mumkin. Bu o`simliklar 
qayta ishlashga mevalar ko`rinishida keltiriladi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling