I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’saksimonlar.
- Qo`zoqcha (qo’zoqsimonlar)
Donlar (boshoqsimonlar). Bu turdagi mevalar meva qobig’i va urug’
qobig’i, murtak va endosperm bilan birlashib ketgan bo`ladi. Ba'zida donlar gul qobig’iga o`ralgan bo`ladi va parda deb ataladi. Donlar shodaguldoshlar oilasiga mansub o`simliklarga (masalan, bug’doy) xos. Ko’saksimonlar. Bu mevalarning meva atrofi yog’ochsimon, zich, bir necha yaproqlardan iborat bo`ladi. Ko’saksimonlar bir yoki ikki uyali, ko`p urug’li bo`ladi. Urug’lar meva atrofi bilan yopishmagan bo`ladi va yetilish vaqtida urug’ uyachalaridan ajraladi. Ko’saksimon mevalar yetilish vaqtida yoriqlari, choklari va to`siqlaridan ochiladi. Ba'zida urug’lar qopqog’idan to`kilib ketadi. Ko’saklarni ko`knorsimonlar, chinnigulsimonlar, kanopsimonlar oilasiga mansub o`simliklar hosil qiladi. Ko’sak turidagi mevalarni paxta, zig’ir, kanakunjut, kunjut, ko`knori hosil qiladi. Moyli o`simliklarning bu barcha turlari qayta ishlashga urug’lar holida keltiriladi. Dukkaklilar. Dukkaklilarning meva atrofi yog’ochsimon yoki terisimon, bitta meva bandida hosil bo`lgan, bir uyali, bir, ikki yoki ko`p urug’li bo`ladi. Dukkaklilar uzunasiga chokidan ochiladi, ayrim hollarda ochilmasdan urug’larni zich ushlab turadi. Dukkaklilarning ayrim turlarida mevalar pishib yetilganidan keyin dukkaklilar quriydi va ikkiga ajralib teskarisiga o`raladi. Urug’lar esa o`simlikdan ma'lum masofaga tushadi. Dukkaklilar soya va eryong’oq o`simliklariga xos. Soya qayta ishlashga urug’lar holida, eryong’oq esa urug’lar va mevalar holida keltirilishi mumkin. Qo`zoqcha (qo’zoqsimonlar). Qo`zoqcha dukkaklilarning o`ziga xos turi hisoblanadi. Qo`zoqchaning meva atrofi yog’ochsimon bo`lib, orasida yolg’on to`siq bo`lgan ikkita meva bandlari tomonidan hosil qilinadi. Bu to`siqqa ikki tomondan urug’lar birikkan bo`ladi. Qo`zoqchada odatda bir necha urug’lar bo`ladi. Qo`zoqchaning uzunligi kengligidan to`rt marta katta bo`ladi. 27 Qo`zoqcha ko`p yoki kamroq rivojlangan o`simta - ustuncha qoldig’i bilan tugaydi. Meva yaproqlari o`sish chizig’ida yaxshi ko`rinib turadigan qovurg’a hosil bo`ladi. Yetilish vaqtida meva yaproqlari chokidan bir-biridan ajraladi, urug’lar esa qovurq’achaga birikkan holda qoladi. Qo`zoqchalar karamsimonlar oilasiga mansub o`simliklarga xos. Moyli o`simliklardan xantal, indov, rijik, krambe shunday mevalar hosil qiladi. Qayta ishlashda urug’lar holida keltiriladi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling