I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Yaproqcha. Bu meva dukkaklilarga o`xshash bir uyali bo`ladi. Lekin 
yetilganida bitta chiziqdan ochiladi va pallaga ajralmaydi.
Qurug’ mevalar hosil qiladigan moyli o`simliklar katta ahamiyatga ega 
bo`lib, qolganlari ahamiyatga ega emas. 
Ho`l mevalar. Ho`l mevalar bir urug’li, hamda ko`p urug’li bo`lishi 
mumkin. Mevalarning ichki qismi, tashqi devorlari, butun devori, ko`p uyalilarda 
to`siqlar bo`lishi mumkin. Yog’-moy texnologiyasi uchun olxo`risimonlar, 
pal’masimonlar oilasiga mansublari ahamiyatga ega bo`lib ho`l mevalarga 
danaklilar va rezavorlar kiradi.
Danaklilar. Bular ho`l, bir urug’li meva bo`lib, meva atrofida uchta qatlam 
yaxshi ko`rinib turadi: tashqi po`stloq, o`rta mag’zi va ichki qattiq danak. Qattiq 
danak ichida urug’ qobig’i bilan qoplangan urug’lar joylashgan. Kokos 
pal’masining mevasi juda katta danakka misol bo`ladi. Mevali-danakni olxo`ri, 
o`rik, shaftoli, olcha hosil qiladi.
Rezavorlar. Bular ho`l, ko`p urug’li meva hisoblanadi. Rezavorlarda etli 
meva atrofi, mag’zida ko`p sonli urug’lar joylashgan bo`ladi. Rezavorlarga 
pomidor, tarvuz, qovoq misol bo`ladi. Qovoqdoshlar oilasiga mansub o`simlik 
mevalari (tarvuz, qovoq) lipidlarga boy urug’larga ega bo`lishi mumkin. Tomat 
mevalari yaxlit ho`l mevadan iborat bo`lib, unda urug’lar tarqalgan bo`ladi. 
Tayanch iboralar: 
Morfologiya, o‘simliklar anatomiyasi, gullilar guruhi, o‘simliklar oilasi, 
so’ta, boshoq, soyabon,urug’,meva, aleyron donlari,
endosperm, murtak,
meva 


28 
po’sti qavatlari, danaklilar, to`qima, urug’cha, qo’shurug’cha, yong’oqsimonlar, 
boshoqsimonlar, ko’saksimonlar,
dukkaklilar,
qo’zoqsimonlar, ho’l meva, rezavor 
Nazorat savollari:
 
1. Morfologiya degani nimani anglatadi? 
2. To’pgullilar asosiy necha guruhga bo’linadi va ular qaysilar? 
3. To’pgullilarning qanday turlarini bilasiz? 
4. 
Urug' va meva tushunchalarini tushuntirib bering.
5. Gulli o`simliklarda urug’lanish jarayoni qanday amalga oshadi? 
6. 
Urug'ning yetilishida endosperm va murtak qanday rol’ o’ynaydi?
7. 
Morfologik xususiyatlariga ko'ra mevalarning qanday turlari bo’ladi? 
8. Kungaboqar va masxar urug’lari morfologik xususiyatlariga ko'ra mevalarning 
qaysi turiga mansub? 
9. Boshoqsimonlar morfologik xususiyatlariga ko'ra boshqa mevalardan qanday 
farq qiladi? 
10. Urug’larning aleyron donlari deb ataladigan tanachalarida qanday moddalar 
zaxirasi to’planadi? 
1.3. MOYLI URUG‘ VA MEVALARNING ANATOMIK TUZILISHIGA 
KO‘RA UMUMIY TAVSIFI 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling