I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Urug’ va meva po’stloqlari, murtagi, endosperm


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

1.3.2. Urug’ va meva po’stloqlari, murtagi, endosperm 
Meva va urug’ po’stloqlari (qobiqlari). O’rab turuvchi qoplovchi to’qima 
o‘simlikning barcha organlarini qurib qolishdan va tashqi muhitning boshqa 
noqulay sharoitlaridan, ya’ni ortiqcha quyosh ta’siridan, kuchli isib ketishdan
mexanik 
shikastlanishlardan, 
zararkunanda 
mikroorganizmlarning 
ichki 
to‘qimalarga kirishidan himoya qiladi. Himoya vazifasini bajaradigan qoplovchi 
to`qimalar urug’ning tashqi qobiqlarini - meva va urug’ qobiqlarini tashkil etadi (2-
rasm).
Urug’ po’sti odatda ko’p qavatli. Uning anatomik strukturasi va rangi xilma-
xil, qalinligi, pishiqligi, qattiqligi ko‘pincha meva qatiga bog’liq. Agarda meva 
qati qattiq bo‘lsa, odatda urug’ po‘sti ancha yumshoq (kungaboqar). Boshqa 
hollarda urug’ po’sti qalin va yog’chlangan (g’o‘za).
Meva va urug’ qobiqlari uzunchoq shakldagi hujayralardan tashkil topgan 
qattiq tolasimon to`qimadan iborat. Hujayralarning o`ziga xos joylashuvi va
ularning shakliga qarab to`qimalar ba'zida palisad deb ham ataladi.


32 
Qoplovchi to`qimalar o`simtani o`sishi uchun qulay bo`lgan sharoitlarda 
urug’ning o`sishini ta'minlaydi. Qoplovchi to`qimalarning bu vazifasi kimyoviy 
tarkibining o`ziga xosligi bilan belgilanib, bu suv va kislorodning kirishiga 
to`sqinlik qiladi. Buning sababi urug‘ qobig‘i to‘qimalari tarkibiga lipidlardan 
mumlar va mumsimon moddalar borligidir. Ko`pchilik moyli mevalar va urug’lar 
mumsimon birikmalardan iborat parda bilan qoplangan.
Ko`pchilik mevalar va urug’larning qoplovchi to`qimalari to`qimaning 
himoya vazifasini kuchaytiruvchi yoki urug’larning tarqalishiga yordam beruvchi 
tolalar hosil qiladi. Masalan, paxta chigitida epidermal tolalar - paxta tolalarining 
uzunligi 70 mm gacha bo’ladi. Ba'zida qoplovchi to`qimalarda dag’al himoya 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling