I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

Urug’ murtagi. Urug’ murtagi urug’langan holatdagi yaproqcha, poyacha, 
kurtakcha va urug’ pallasi deb ataladigan dastlabki yaproqlardan iborat bo`ladi. 
Yaproqcha, urug’ pallasi poyasi va kurtak ko`pincha yaproq-murtak ham deb 
ataladi.


34 
Yaproq-murtakning muhim to`qimalari tashqi to`qimalar - epidermis
to`plovchi to`qima, o`zak, prokambial o`qlardan iborat bo`ladi.
Asosiy to`qima va o`zak qisqa tsilindrsimon hujayralardan iborat bo`ladi. 
Murtakning bu to`qimalari urug’larni texnologik jarayonlarda maydalashda 
mexanik ta'sirlarga chidamli bo`ladi.
Urug’ pallalari asosan ikki turdagi - tashqi yoki qoplovchi (tashqi va ichki 
epidermis) va asosiy to`qimalardan iborat bo`ladi. Urug’ pallasi ichida o`tkazuvchi 
va mexanik to`qimalar mavjud bo`ladi. Murtakning tashqi to`qimalari bir qavatli 
bo`lib, ularning himoyalovchi vazifasi kam namoyon bo`ladi. Asosiy to`qima ko`p 
qavatli bo`lib, radial joylashgan cho’zinchoq hujayralardan tashkil topgan. Murtak 
ichidagi kurtakcha asosan urug‘ning unib chiqishiga yaqin, uchli tarafida, urug‘ 
pallalar orasida joylashgan bo‘ladi. 
Yaproq-murtak urug’ning o`tkir tomonida urug’ pallalari orasida joylashgan 
bo`ladi. 
Turli moyli urug’lar murtagining tuzilishi bir xil bo`ladi, ammo rivojlanish 
darajasi va o`lchamlari bilan farq qiladi (3-rasm).
 
3-rasm.
 
Kungaboqar va paxta urug’larining murtak
to`qimalari tuzilishi 
a - kungaboqar: 1- epidermis; 2 - zaxiralovchi to`qima; 3 - prokombial to`qima;
4 - o`zak;
b - paxta: 1 - perisperm; 2- endosperm; 3 - murtak urug’donining to`qimasi;
4 - rang beruvchi moddalarning (gossipol) hujayralardagi joylashuvi. 
 


35 
Endospermi bo‘lmagan kungaboqarlarda urug‘pallalar qalin etli, chunki 
asosiy to‘plangan yog‘simon va oqsil moddalar shu yerda bo‘ladi. Chigitda 
urug‘palla yupqa, lekin yuzasi katta. Endospermi yaxshi rivojlangan 
(kanakunjutda) urug’pallalar yupqa ikkita yaproqcha holida endosperm orasida 
joylashgan bo‘ladi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling