I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


 Moyli meva va urug’larni tashkil qiluvchi asosiy


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

1.3.1. Moyli meva va urug’larni tashkil qiluvchi asosiy 
to`qimalari, ularning miqdoriy nisbati 
Moyli ekinlarning turiga qarab, urug’ning yirik-maydaligi, shakli, rangi va 
boshqa belgilari har xil bo‘ladi. Urug’lar qobiq, endosperm va murtakdan tarkib 
topgan. Endosperm urug’ning asosiy qismi bo‘lib, murtak iste’mol qiladigan oziq 
moddalar zaxirasiga ega. Qobig‘i, tashqi (meva qobig‘i) va ichki (urug‘ qobig‘i) 
qavatli bo‘ladi. 
Yetilgan urug’ yadro (urug’ning o’zi) va qoplovchi qobiqlardan –meva va 
urug’ yoki faqat urug’ qobig’idan iborat. 
Yig’im-terimdan keyin saqlash va qayta ishlashga keladigan faqat ayrim 
urug’larning meva qobig’i saqlanib qoladi. Bunday urug’larning urug’ qobig’i 


29 
to’qimalari yupqa va chidamsiz bo’ladi. Moyli urug’larning urug’ qobig’i asosan 
mustahkam, yaxshi rivojlangan, meva qobig’i esa yorilib saqlanib qolmaydi. 
Urug’larda qoplovchi (qobiq) va asosiy, yoki to`plovchi to`qimalar 
rivojlangan. To`qima bu o`simlik organizmida bir xil vazifani bajaruvchi va 
tuzilishi o`xshash bo`lgan hujayralar yig’indisidir. 
Moyli o`simliklarning urug’lari to`qimalarning turli xillaridan iborat bo`lgan 
murakkab ko`p hujayrali tuzilmadir. Urug’larning to`qimalari fiziologik-
biokimyoviy xossalari, almashinuv jarayonlari va kimyoviy tarkibi bilan 
differentsiatsiyalangan.
Turli o`simliklarning bir nomdagi to`qimalari katta 
o`xshashlikka ega va o`xshash vazifani bajaradi. To`qimalar bir-biridan ajralmagan 
bo`ladi va o`zaro ta'sirlashuvchi tizimni tashkil qiladi (1-rasm). 
1-rasm. Urug’ va mevalarning tuzilishi. 
a - kungaboqar urug’i: 1 - urug’don; 2 - mevali qobiq; 3 - urug’li qobiq; 
b - kanakunjut urug’i: 1 - endosperm; 2 - urug’don; 3 - urug’don qobig’i; 
v – zig’ir urug’i: 1 - urug’don; 2 - endosperm; 3 - urug’don qobig’i. 
Qoplovchi o’rab turuvchi qobiq to`qimalari urug’ murtagi va endospermini 
tashqi muhitning noqulay fizik, mexanik va kimyoviy ta'sirlardan - mexanik 
shikastlanishlardan, qurishdan, begona organizmlarning kirishidan, ortiqcha 
namlanishdan himoya qiladi.
To`plovchi to`qima murtak va endospermda rivojlangan. Bu to`qimada 
ozuqa moddalari to`planadi va saqlanadi. To‘plangan ozuqa moddalari moyli 
urug‘larning ayrimlarida murtakda, ayrimlarida endospermda saqlanadi. 
Urug’lardagi barcha zaxira moddalar murtakda, to`g’rirog’i, urug’ 
pallalarida to`plangan o`simliklarga kungaboqar, xantal, paxta, indov va maxsar 


30 
misol bo`ladi. Kungaboqarda endosperm urug’ qobig’iga yopishib ketgan yupqa 
parda ko`rinishidagi bir jinsli to`qimadan iborat.
Urug’lari yaxshi rivojlangan endospermga ega bo`lgan o`simliklarga 
kanakunjut, mak va kunjut misol bo`ladi. Bunday urug’larning murtagida ozuqa 
moddalar mavjud emas, urug’ pallalari esa yomon rivojlangan.
Ba'zi o`simliklarda zaxira moddalar urug’ga nisbatan bir tekis taqsimlangan, 
ya'ni urug’ pallasida ham, endospermda ham to’plangan bo’ladi. Bu holda 
urug’ning qoplovchi va to`plovchi to`qimalari ham yaxshi rivojlangan. Bunday 
o`simliklarga zig’ir, soya misol bo`ladi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling