I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Moyli meva va urug’larni tashkil qiluvchi asosiy
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Urug’ va mevalarning tuzilishi.
1.3.1. Moyli meva va urug’larni tashkil qiluvchi asosiy
to`qimalari, ularning miqdoriy nisbati Moyli ekinlarning turiga qarab, urug’ning yirik-maydaligi, shakli, rangi va boshqa belgilari har xil bo‘ladi. Urug’lar qobiq, endosperm va murtakdan tarkib topgan. Endosperm urug’ning asosiy qismi bo‘lib, murtak iste’mol qiladigan oziq moddalar zaxirasiga ega. Qobig‘i, tashqi (meva qobig‘i) va ichki (urug‘ qobig‘i) qavatli bo‘ladi. Yetilgan urug’ yadro (urug’ning o’zi) va qoplovchi qobiqlardan –meva va urug’ yoki faqat urug’ qobig’idan iborat. Yig’im-terimdan keyin saqlash va qayta ishlashga keladigan faqat ayrim urug’larning meva qobig’i saqlanib qoladi. Bunday urug’larning urug’ qobig’i 29 to’qimalari yupqa va chidamsiz bo’ladi. Moyli urug’larning urug’ qobig’i asosan mustahkam, yaxshi rivojlangan, meva qobig’i esa yorilib saqlanib qolmaydi. Urug’larda qoplovchi (qobiq) va asosiy, yoki to`plovchi to`qimalar rivojlangan. To`qima bu o`simlik organizmida bir xil vazifani bajaruvchi va tuzilishi o`xshash bo`lgan hujayralar yig’indisidir. Moyli o`simliklarning urug’lari to`qimalarning turli xillaridan iborat bo`lgan murakkab ko`p hujayrali tuzilmadir. Urug’larning to`qimalari fiziologik- biokimyoviy xossalari, almashinuv jarayonlari va kimyoviy tarkibi bilan differentsiatsiyalangan. Turli o`simliklarning bir nomdagi to`qimalari katta o`xshashlikka ega va o`xshash vazifani bajaradi. To`qimalar bir-biridan ajralmagan bo`ladi va o`zaro ta'sirlashuvchi tizimni tashkil qiladi (1-rasm). 1-rasm. Urug’ va mevalarning tuzilishi. a - kungaboqar urug’i: 1 - urug’don; 2 - mevali qobiq; 3 - urug’li qobiq; b - kanakunjut urug’i: 1 - endosperm; 2 - urug’don; 3 - urug’don qobig’i; v – zig’ir urug’i: 1 - urug’don; 2 - endosperm; 3 - urug’don qobig’i. Qoplovchi o’rab turuvchi qobiq to`qimalari urug’ murtagi va endospermini tashqi muhitning noqulay fizik, mexanik va kimyoviy ta'sirlardan - mexanik shikastlanishlardan, qurishdan, begona organizmlarning kirishidan, ortiqcha namlanishdan himoya qiladi. To`plovchi to`qima murtak va endospermda rivojlangan. Bu to`qimada ozuqa moddalari to`planadi va saqlanadi. To‘plangan ozuqa moddalari moyli urug‘larning ayrimlarida murtakda, ayrimlarida endospermda saqlanadi. Urug’lardagi barcha zaxira moddalar murtakda, to`g’rirog’i, urug’ pallalarida to`plangan o`simliklarga kungaboqar, xantal, paxta, indov va maxsar 30 misol bo`ladi. Kungaboqarda endosperm urug’ qobig’iga yopishib ketgan yupqa parda ko`rinishidagi bir jinsli to`qimadan iborat. Urug’lari yaxshi rivojlangan endospermga ega bo`lgan o`simliklarga kanakunjut, mak va kunjut misol bo`ladi. Bunday urug’larning murtagida ozuqa moddalar mavjud emas, urug’ pallalari esa yomon rivojlangan. Ba'zi o`simliklarda zaxira moddalar urug’ga nisbatan bir tekis taqsimlangan, ya'ni urug’ pallasida ham, endospermda ham to’plangan bo’ladi. Bu holda urug’ning qoplovchi va to`plovchi to`qimalari ham yaxshi rivojlangan. Bunday o`simliklarga zig’ir, soya misol bo`ladi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling