I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Moyli o‘simliklarning gul turlari


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

1.2.1. Moyli o‘simliklarning gul turlari
 
Moyli o‘simliklar urug‘lilar (gullilar) guruhiga kiruvchi o‘simliklar bo‘lib,
bu o‘simliklar dunyoda eng ko‘p tarqalgandir. Bu o‘simliklar urug‘lari pishib 
yetilgandan so‘ng tinch holatga o‘tadilar va turli salbiy tashqi ta’sirlarga ancha 
chidamli bo‘ladilar (qish sovug‘i, qurg’oqchilik va boshqalar).
Moyli ekinlar yog‘-moy olish uchun ekiladigan o‘simliklar hisoblanadi. 
Turli oilalarga mansub bir va ko‘p yillik o‘simliklar: murakkabguldoshlar - 
kungaboqar, maxsar; dukkakdoshlar - soya, yeryong‘oq; labguldoshlar - perilla, 
lyallemantsiya; butguldoshlar - indov, xantal va boshqalar kiradi. Bulardan 
ba’zilari daraxtlar (kokos pal’masi va moyli pal’ma, kakao, tung), boshqalari 
o‘tsimon o‘simliklar (soya, kungaboqar, indov) hisoblanadi. 


21 
Moyli o‘simliklar mevalari to’pgullarda joylashgan bo‘lib, ularning tuzilishi 
va joylashishi urug‘larning o‘lchami, kimyoviy tarkibi va texnologik sifatiga ta’sir 
qiladi.
To’pgullilar asosiy 2 guruhga bo’linadi: uchki (yopiq) to’pgullilar va yonaki 
(ochiq) to’pgullilar 
Birinchi guruh – uchki (yopiq) to‘pgulli o‘simliklarda asosiy o‘qbandning 
uchi gul bilan tugallanib, o‘sishdan to‘xtaydi, qolgan gullar yonaki shoxlarda 
kechroq paydo bo‘ladi va pastki shoxlarda kamroq rivojlanadi. Uchki gul eng oldin 
mevaga aylanadi, keyingilari esa kechroq. Shuning uchun yig‘im-terim vaqtiga 
kelib, kech paydo bo‘lgan gullar meva va urug‘lari hali to‘liq pishmagan bo‘lishi 
mumkin. Uchki (yopiq) to‘pgullilarga zig‘ir yoki g‘o‘zapoya (paxta) gullari misol 
bo‘la oladi.
Ikkinchi guruh – yonaki (ochiq) to‘pgulli o‘simliklarda avval yonaki yosh 
shoxlarda gullar hosil bo‘ladi, asosiy bandning va yonaki shoxlarning pastki gullari 
ertaroq ochiladi. Shuning uchun yig‘im-terim vaqtiga kelib, pastki meva va 
urug‘lar to‘liq pishib yetilsa, yuqoridagilari pishmagan bo‘lishi mumkin. Yonaki 
(ochiq) to‘pgullilarga moyli urug‘lardan indov, kanakunjut, koriandr, kungaboqar 
yoki maxsar o‘simliklari misol bo‘la oladi. 
Eng ko’p tarqalgan to’pgullilarning quyidagi turlari mavjud:

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling