I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yog’-moylardagi tokoferollar tarkibi
2
vitamini va A provitamini uchraydi. 4.3.7.3. E guruhi vitaminlari (Tokoferollar) E guruhidagi vitaminlar - bu reproduktiv (ko’payish) organlarning faoliyatini tartibga soluvchi moddalardir. Ular tokoferollar deb ataladigan yuqori molekulyar og'irlikdagi tsiklik spirtlardir. Tokoferollar turli xil miqdorda o'simlik moylarida uchraydi. Ayniqsa, bug'doy urug'i moyi, makkajo'xori va boshqa donlarning yog'- moylari ularga boydir. O'simliklarda tokoferollar ko'pincha karotinoidlar va xlorofillarga hamroh bo'ladi. Hayvonlarning yog'larida tokoferollar oz miqdorlarda uchraydi, baliq moylarida esa deyarli yo'q. Tokoferollarning yettita shakli ma'lum. Ulardan to'rttasi (α, β, γ, δ) urug'lar va mevalarning yog'-moylarida bo'ladi; ℇ va ξ shakldagilari esa donli ekinlarning lipidlarida topilgan. Ko'rsatib o’tilgan tokoferollarning izomerlaridan α –tokoferol (C 29 H 50 O 2 ) biologik jihatdan eng faol bo’lib, uning struktura formulasi: Yog'lardan ajratib olingan tokoferollarning aralashmasi ko'pincha kuchli antioksidant ta'siri bilan ajralib turadi. 266 Bir qator yog'larning molekulyar kislorod bilan oksidlanishiga nisbatan yuqori barqarorligi ularda ba'zi tokoferollar izomerlarining mavjudligi bilan bog'liqdir (31-jadval). Aniqlanishicha, tokoferolning biologik faolligi qanchalik kuchli bo'lsa, uning antioksidantlik ta'siri shunchalik zaif bo'ladi. Eng kuchli antioksidant δ - tokoferoldir. 31-jadval Yog’-moylardagi tokoferollar tarkibi Yog’-moylar Umumiy miqdori, mg% Tokoferollarning izomerlari, umumiy miqdoriga nisbatan % larda α β γ Moylar: soya 90-280 13,5 59,0 27,5 makkajo’xori 100-250 11,0 89,0 - paxta 90-100 58,0 42,0 - kungaboqar ~ 70 92,0 - 7,8 indov ~ 50 27,0 73,0 - Yog’lar: Sigir yog’i ~ 1 - - - Sigir sutining yog’i(Sariyog’) 1,7-4,2 - - - Xom ashyolardan ajratilgan tokoferollar rangsiz yog'ga o’xshaydi, uning spektrida 295 nm to'lqin uzunligida xarakterli yutilish maksimumi mavjud. Benzolda tokoferollar yorug'likning polarizatsiya tekisligini o'ng tomonga buradilar. Tokoferollar yog'lar va yog' erituvchilarida eriydi, suvda erimaydi. Yog' sovunlanganida, ishqoriy metall gidroksidlarining spirtli eritmalari 35-40 0 C haroratda tokoferollarga ta'sir qilmaydi va shuning uchun ularni yog'lardan sovunlanmaydigan moddalar bilan birga ajratib olish mumkin. Ishqoriy metall gidroksidi bilan yuqori haroratlarda qizdirish tokoferollarni qisman dezaktivlashtiradi. 267 Ular termostabil va hatto 200-220 0 C haroratgacha qizdiriladigan yog'larda ham saqlanadi. Ularning termik inaktivatsiyasi faqatgina taxminan 350 0 C haroratda sodir bo'ladi. Havo kislorodi tokoferollarga nisbatan sust ta'sir qiladi. Tokoferollar vodorod bilan to’yintirilgan (gidrogenlangan) yog'larda hatto ular 240 0 C haroratda olingan bo'lsa ham saqlanadi. Kunduzgi yorug'lik tokoferollarning faolligiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi, ammo ultrabinafsha nurlar bilan nurlanishi ularning tez inaktivatsiyalanishiga olib keladi. Tokoferollar suyultirilgan mineral kislotalarning ta'siriga chidamli. Konsentrlangan xlorid kislotasi bilan ularni hatto 100 0 C haroratda qisqa muddatli qizdirish ham mumkin. Ishqoriy metall gidroksidi eritmasi bilan qaynatish tokoferollarning parchalanishiga olib keladi. Ular kuchli oksidlovchi moddalar (benzoil gidroperoksidi, ozon va boshqalar) tomonidan parchalanadi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling