I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

30
H
32
O
7
deb 
taxmin qilinadi. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, gossipurpurin disalitsil al’degidiga 
o’xshab ikkita kislorod ko'prigi bilan bog'langan gossipol va diaminogossipol 
molekulalaridan iborat deb taxmin qilish mumkin. 
Gossipurpurin gossipolga qaraganda kamroq zaharlidir. 
Gossikaerulin nam holatda saqlangan paxta urug'larining yanchilmasini 
qovurish paytida hosil bo'ladi. Bu to’q ko'k rangga bo'yalgan qattiq mahsulot 


261 
bo'lib, 169
0
C haroratda parchalanadi. Ishqoriy va neytral muhitda gossikaerulin 
ochiq sariq rangga bo'yalgan eritmalar hosil qiladi. Oksidlanganda rangi keskin 
o'zgarib, to'q ko'k rangga aylanadi. 
Gossikaerulin 
gossipol 
oksidlanishining 
mahsuloti 
deb 
hisoblanadi. 
Ko'rinishidan, bu gidroksil va xinon guruhlari bir-biriga aloqador holatda 
joylashgan xinondir. Gossikaerulinning kislota va ishqorlar ta'siri ostida rang 
o'zgarishi 
ionlanish 
natijasida 
tautomer 
o'zgarishlari 
bilan 
izohlanadi. 
Gossikaerulinning sariq shakli uning molekulalarining neytral holatiga mos keladi, 
ko'k ranglisida esa karboniy ionining mavjudligi taxmin qilinadi. 
Gossifulvin - yuqori namlikda saqlangan paxta urug'laridan dietil efiri bilan 
ekstraktsiyalab olinadigan apel’sin rangli pigment. 238-239
0
C haroratda 
parchalanish bilan suyuladi. Xloroform, anilin, issiq asetonda eriydi, etanolda, 
sovuq atsetonda juda sust eriydi. Gossifulvin ishqoriy metall gidroksidining suvli 
eritmasida erimaydi, Feling eritmasini qaytarmaydi va anilin bilan reaksiyaga 
kirishmaydi. 
Mineral kislotalar ta'sirida gossifulvindan gossipol olinadi. Gossifulvin 
gossipolning qandaydir aminli hosilasi deb qaraladi. Uning formulasi C

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling