I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/159
Sana14.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1678150
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   159
Bog'liq
I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov

4.3.7.4.  guruhi vitaminlari 
Yog'da eriydigan vitaminlar jumlasiga antigemorragik ta’sirga ega bo’lgan K 
guruhining vitaminlari ham kiradi. Ularning yo’qligi yoki yetishmasligi qondagi 
protrombin yetishmasligi tufayli qonagan a'zodan to'xtamasdan qon ketishining 
paydo bo'lishi bilan bog'liq. K vitamini xususiyatlariga ega bo'lgan bir nechta 
moddalar ma'lum, ular naftoxinonning hosilalaridir. Masalan, K
1
vitamini 
quyidagi struktura formulasiga ega: 
K vitamini minus 20
0
C da atseton yoki spirtdan kristallanadigan och sariq 
yog'simon moddadir. U kuchsiz flyuorestsentlanish xususiyatiga ega. K
1
vitaminining yutilish spektrida 243, 248, 261, 270, 323, 239 nm to'lqin 
uzunliklarida yutilish maximumlari mavjud. Atseton eritmasidagi K
1 
vitamini 


268 
ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirilganda uning xinon guruhi tuzilishi o'zgaradi 
va u faolligini yo'qotadi. Suvda erimaydi, yog' erituvchilarida eriydi. Vakuumda 
160
0
C ga qadar qizdirilganda biologik faolligini yo'qotmasdan haydaladi. 120
0

harorat ostida 24 soatgacha vaqt davomida qizdirilganda vitamin parchalanmaydi. 
Ishqoriy metall gidroksidlari muhitida 100
0
C haroratda tezda parchalanadi. 
K guruhidagi vitaminlar nasha urug’i moyida sezilarli darajada, kungaboqar, 
surepa va zig'ir moylarida esa kamroq miqdorlarda borligi aniqlangan. 
Tayanch iboralar:
 
Hamroh moddalar, fosfolipidlar, mumlar, azotli asoslar, glitserofosfatidlar, 
karotinoidlar, 
provitamin, 
xlorofillar, 
gossipol, 
analog, 
gossipolyatlar, 
ul’trabinafsha nurlar spektri, letal doza, terpenlar, lipovitaminlar, steroidlar
sterinlar, xolesterin.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling