I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 43 library.ziyonet.uz/ Ajoyibotni qarangki, huddi shu fikr Oftobxonning xayoliga ham kelgan edi. Yana ajoyibotni qarangki, ayni shu damda Toʻlqin bilan Sattor qoʻyxona oʻrniga uycha solish masalasini gaplashishayotgan edi. Oftobxon amakivachchasining gapini bosh irgʻab tasdiqlagan boʻlib, xoʻrsindi. -Ha, nega xoʻrsinibqolding? -Agar rishtaning uzilishini toʻy toʻxtata olmasa... balki... oʻlim toʻxtatar? Bu gap Salohiddinning miyasiga gurzi boʻlib urilib, tovoniga qadar zirillatib yubordi. Toʻxtab, qizning koʻzlariga qaradi. Kulib turish yarashadigan bu koʻzlarni ma’yuslik pardasi qoplagandi. Bunday gapni koʻz yoshlarisiz aytmoqlikdan qoʻrqqulik edi. Chunki koʻz yoshlari nochorlik darakchilaridir. Oftobxonning ma’yus koʻzlarida esa qasd yashiringandi. -Sen bu gapni... umuman tilingga olma, tushundingmi!-dedi Salohiddin tanbeh ohangida. -Odamlar oʻlimdan qoʻrqishadi, - dedi Oftobxon uning gapini eshitmaganday. - Hayotda hamma masalalarni yechib beradigan osongina chora - oʻlim. Siz oʻlim haqida hech oʻylaganmisiz? - Qiz savol berishga berib javob kutmadi, fikrini davom ettirdi. - Siz oʻldirganlar haqida oʻylaysiz, ularni ushlash chorasini qidirasiz. Odamlarga hayron boʻlaman. Yashayverib, qiynalib ketishadi, hasrat qilaverishadi. Nahot roʻparalarida oson yoʻl turganini koʻrishmaydi. Shunaqa yoʻl borligini bilganlar ham aytishmaydi. Nega? -Oftob! Bunaqa bema’ni narsalarni oʻylama! -Buning nimasi bema’ni? - Qiz yigitning koʻzlariga tikildi. Unda havotir koʻrib, quvondi. - Oʻlimni hurmat qilish kerak. Uning yaxshiliklari koʻp. Qiziq, a? Bu dunyoda oʻzing xohlaganingcha yasholmaysan, oʻzing istaganingcha oʻlolmaysan. Biz oʻz istagimiz bilan bu dunyoga kelmaganmiz. Oʻz xohishimizcha ketishimiz mumkin, lekin ketmaymiz. -Oftob, boʻldiqil! -Bu mening gaplarim emas, bitta kitobda oʻqiganman, shu esimmga kelib qoldi. Chindanam ahmaqona gaplar, - qiz shunday deb jilmayishga harakat qildi. Lekin uning bu jilmayishi ham ma’yuslik tutuni ortida edi. Salohiddin bu tutun pardani payqamay koʻngli sal joyiga tushdi. Oftobxon yolgʻon gapirgan edi. Bularni hech bir kitobda oʻqimagandi. Hozir tiliga koʻchgan soʻzlari uyqusiz tunlari xayolini bezovta qilgan fikrlarining mahsuli edi. Ular bir oz jim ketdilar. Salohiddin qizning kayfiyatiga mos bir gap izladi-yu, topolmadi. -Ibtidoiy odamlarga havasim kelyapti, - Oftobxon shunday deb yana xoʻrsindi. - Biz oʻzimizni aqlli, ziyoli, madaniyatli deb, ularni esa yarim yovvoyi deymiz. Lekin ular ota- onalaridan qolgan merosni talashishmagandir? Bitta gʻordami yo chayladami yashab, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling