I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
51 
library.ziyonet.uz/ 
 
kiygʻazilgan. Bu safar ham shunday toj kiymoqchimisiz? Qoʻgʻirchoq boʻlib yurish 
oʻzingizga malol kelmaydimi? 
 
Agar Toʻlqin boʻralab soʻkib berganida advokat ichida javob qaytarib, indamay chiqib 
ketishi mumkin edi. Lekin tergovchining bu gaplari uning boshiga musht boʻlib urildi. 
Hatto uni idora qilayotgan iblis ham bir sapchib tushgandan keyingina javobni oʻrgatdi: 
 
-Siz meni haqorat qilyapsiz! Ammo... firibga usta ekansiz, - dedi lablari gezargan holda. - 
Guvohlarsiz gaplashib, haqorat qilyapsiz. Agar guvoh boʻlganida shu gaplaringiz uchun 
koʻradiganingizni koʻrardingiz. Lekin men shoshmayman, sabr qilaman, shunday kun 
ham keladi. 
 
-Nega guvoh boʻlmas ekan, guvoh bor, - dedi Toʻlqin unga sinovchan qarab. Bir oz sukut 
qilgach yana hotirjam ohangda gapini davom qildi. - Ikkalamizning oʻrtamizdagi guvoh - 
vijdon. Lekin bu guvoh bittami yo ikkitami, bilmayman. 
 
-Vijdoningni pishirib ye! 
 
Advokat javobga bundan oʻzga gap topa olmadi. Shuni aytdi-yu, chiqib ketdi. Soqchining 
iltimosiga koʻra tashqarida turgan Qoʻrqmas bilan Sanjarning otasiga dahliz ostonasida 
duch keldi. Uning avzoyiga qarab, ish yurishmayotganini sezgan Qoʻrqmas “men kirib 
chiqay, sizlar gaplashib olinglar”, deb ildamladi. Taomilga koʻra eshikni taqillatgan 
boʻlib, qiya ochdi-da: 
 
-Endi mumkinmi? - deb piching ohangida soʻradi. 
 
-Endi mumkin, - Toʻlqin shunday deb oʻtirgan joyida qoʻl uzatib soʻrashdi. Bu 
Qoʻrqmasga malol kelsa-da, sezdirmaslikka urindi. - Kimni boshlab keldingiz? 
 
-Men boshlab kelmadim. Oʻlmasjon akam siz bilan tanishmoqchi ekanlar, ikkita yaxshi 
odamni tanishtirish savob-ku? 
 
-Ikkita yaxshi odamning birlari Oʻlmasjon akaxoningizmi? U kishi kim? Nima uchun 
birdan men bilan tanishgilari kelib qoldi? 
 
Bu gapdan Qoʻrqmasning gʻashi kelib tomogʻini qirib qoʻygan edi, iblis biqinidan asta 
chimchilab “sal oʻzingni boʻsh qoʻy, kulging kelmasa ham kulsang-chi, ovsar!” deb 
vasvasa qilgan edi, kulgili gap aytilmagan boʻlsa ham jilmaydi: 
 
-Gapni ham teshvorasizda, aka! Birdaniga tanishgilari kelgani yoʻq. Siz ham chakana 
odammassiz, aka, el-yurt oldida hurmatingiz bor. Koʻp odamlarning siz bilan aka-ukaday 
boʻlib yurgisi keladi. 
 
-Bilaman. Yurgisi keladi-yu, lekin ish pishmasa yuz koʻrmas boʻlib ketadi. 
 
-Unaqamas, aka... atroflarda obroʻyingiz ja-a baland. 
 
-Har holda Oʻlmasjon akangizni mening obroʻyim oʻziga tortib kelmagandir bu yerga, - 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling