I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 50 library.ziyonet.uz/ Advokat “yoʻq” ishorasini qilgach, Toʻlqin soqchini chaqirdi: -Shu eshik atrofida kapitan turibdimi? - deb soʻradi. -Ha, - dedi soqchi. -Bir oʻzimi? -Yonlarida bir kishi bor, galstuk taqqan. -Ulardan iltimos qil, tashqariga chiqib turishsin. Dahliz boʻshagach, kirib ayblanuvchini olib chiqasan. Tergovning bu qadar tez, eng muhimi kutilmagan yakun bilan tugashidan bezovtalangan Sanjar behos: -Men adam bilan uchrashishim kerak!-deb yubordi. -Endi adang bilan... ish bir yoklik boʻlganidan keyin uchrashasan, uka, - dedi Toʻlqin. - Ungacha bir yil oldin bosqinchilik boʻlgan uy yonida qanday paydo boʻlib qolganingni, bozor koʻchasida qulfi buzilgan mashina oldida nima uchun oʻralashib yurganingni oʻylab koʻr. Soqchi Toʻlqinning topshirigʻini bajargach, Sanjarni olib chiqdi. Advokat Toʻlqinga nimadir demoqchi boʻldi-yu, keyin darrov fikridan qaytdi. Toʻlqin uning murosaga chaqirishini kutgan edi. Kutgani roʻy bermagach, ajablandi-da, eshik tomon yurgan advokatni toʻxtatdi: -Ogʻayni, bir pasga toʻxtang, - endi uning ovozida kinoya ohangi ham, keskinlik ham yoʻq edi. - Sizdan bir gap soʻramoqchiman: ammo tergovchi sifatida emas. Siz ham advokat sifatida javob qaytarmang. Bir inson dildan soʻrayapti, ikkinchisi esa dildan javob qaytaryapti, kelishdikmi? Samimiy tarzda aytilgan gapga advokat samimiy ravishda javob qaytarmadi: -Siz bilan dildan gaplashish mumkinmikin? Qani, aytavering-chi? - dedi qoʻpol ohangda. Toʻlqin esa unga javoban zaharli iljaydi: -Osmondagi gaplarni koʻpga emas, yarim daqiqaga toʻxtataylik. Siz chindan ham shu bolani himoya qilyapman, himoya qilib, qamoqdan qutqarib qolaman, deb ishonasizmi? Oʻtgan yili ham “men qutqarib qoldim”, deb oʻylaganmisiz? -Bu bilan nima demoqchisiz? -Demoqchimanki, bolaning asl hmoyachilari tashqarida turishibdi. Oʻtgan yili ham siz emas, ular tashqaridan turib himoya qilib qutqarib olishgan. Gʻalaba toji esa sizga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling