I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 58 library.ziyonet.uz/ It hurib, Ibrohim choʻchib tushdi. Beixtiyor ravishda atrofiga alangladi: hech zogʻ yoʻq. “Uchinchi marta kelishi. Bolalariga bir gap boʻlgandirki, arvohi notinch. Ertami-indinmi borib kelmasam boʻlmas”, deb oʻyladi. Alangasi pasaya boshlagan gulxanga oʻtin tashlab, kosov bilan titib qoʻydi. Yuzlab uchqunlar osmonning yagona hukmdori boʻlish qasdida bir-birlari bilan joy talashgancha yuqoriga intilishdi. Ammo birontasi niyatiga yetolmadi, gulxan bagʻridan bir quloch ham koʻtarilmay sovuq havo ularni yamlab yutdi. “Umrning shu uchqunga oʻxshashini koʻpchilik bilmaydi”, deb oʻylagan Ibrohim gulxanning bu ayovsiz oʻyiniga uzoq tikilib qoldi. Xayolida tugʻilgan savollarga oʻzicha javob izladi. Allohning “qiyomatda mening bir kunim sizlarning ellik ming yilingizga teng”, deyishiga qaraganda odam umri shu uchqun umridan ham kaltaroq boʻlib chiqadi. Shu kalta umrda odamlar onadan tugʻilishadi-yu, osmonga intilishadi. Eng yuqori martabalarni egallashga shoshilishadi. Osmon boyliklariga ega boʻlishni istashadi-yu, oʻlimning changalida soʻnib, lahadda qoʻnim topishadi. Gulxandan sapchiyotgan uchqunlar soʻndimi, tamom, ulardan nom-nishon qolmaydi. Bizga shunday tuyuladi. Aslida ular kulning koʻzga ilinmas zarrasiga aylanadilar. Ehtimol yerga qoʻnib, tuproqqa aylanib, koʻkat ildiziga hayot berib hayotini yana davom ettirar? Buni biz bilmaymiz. Odam oʻlganidan keyin uni tanigan tiriklar ongida yaxshimi-yomonmi xotirasi qoladi. Ruh jasaddan ajraladi, deyiladi. Yomonlarning ruhlari azob chekadi, deyiladi. Balki ruhlar azobdan nolalar qilarlar? Lekin ruhlarning faryodini hech kim eshitmaydi. Ularning azobiga hech kim guvoh boʻlmagan. Azob iskanjasidagi ruhni faqat tafakkur koʻzi bilan koʻrish mumkin. Ruhlarning azoblari tiriklarnikiga nisbatan ayanchliroq boʻlsa kerak. Chunki tiriklar jon beradilaru bu dunyo azoblaridan qutuladilar. Demak, tiriklarning azobdan qutilish chorasi mavjud. Ruhlar-chi? Ruhlarni azoblardan nima qutqaradi? Ibrohim akasi bilan kennoyisi ruhlarining azob chekayotganini aql koʻzi bilan koʻrib, mulohaza qilardi. Ruhlarning dardiga duo malham boʻlishini bilardi. Lekin azoblarni faqat duo bilan muolaja etish yetarlimikin, degan savolga javob topa olmay, qiynalardi. Akasi bilan kennoyisini koʻp oʻylaganidanmi, koʻziga koʻrinaverishadi. Tushlariga ham kirishadi. Hadeb uzr soʻrayverishadi, tavba qilaverishadi. Ibrohim bu holga ham hayron. Chunki har ikkovi jon berishdan avval rozi-rizolik tilagan. Ibrohim koʻnglida gina saqlamaganini, u gaplarni allaqachon unutib yuborganini bir necha marta aytgan. “Agar qabr azobida boʻlishsa, bu azoblarga oʻsha gunohlarini asosiy sabab deb oʻylashayotgandir”. Ibrohim har safar shu toʻxtamga keladi. Har safar boshini sajdaga qoʻygan holda Yaratganga munojot qiladi, ularni magʻfirat etmogʻini soʻraydi. Oʻlim toʻshagida yotganlarga rozilikni bildirib koʻyish lozimligini bilmaydiganlar yoʻq hisob. Ammo ba’zilar qalblarini ginadan tozalamagan holda til uchida, xastaning koʻngli uchungina “roziman” deb qoʻyishadi. Qalbi rozi emasligini Alloh bilib turganini esa oʻylashmaydi. Qalb rozi emas ekan, marhumning u dunyodagi ahvoli qanday boʻlar ekan? Ibrohim qalbi bilan rozi boʻlgan edi. Toʻgʻri, undan avvalroq yoshlik gʻururiga bandi boʻlib “bularni hech qachon kechirmayman!” deb ont ichgandi. Bu qasam buzilmas |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling