I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 66 library.ziyonet.uz/ bolamas-ku?” deb oʻziga oʻzi tasalli bermoqchi boʻlardi. Lekin bu tasalli chirogʻini tashvish shamoli puflab, oʻchirib koʻyardi. Xotini ovqat suzib kelgunicha diqqati yanada oshdi. Xavotir bulutiga burkangan bir necha daqiqa bir necha yil yil kabi tuyuldi. Boshqa holatda ehtimol xotiniga qarab baqirib bergan boʻlardi. Lekin hozir unday qilolmaydi, tashvishining oshkor boʻlishidan choʻchiydi. Qorin och, osh shirin boʻlsa-da, tomoqdan oʻtishi qiyin edi. Toʻlqin “qorni gʻoyat toʻq” ekanini bahona qilib, qoshiqni qoʻydi. Robiya zoʻrlamadi. Choy quyib uzatdi. -Hali siz ketishingiz bilan oʻgʻlingiz telefon qildi, - dedi choy quyib uzatib. Bu xabar Toʻlqinning zulmatdagi dilini chaqmoq kabi yoritib, shoshilib soʻradi: -Salohiddinmi? Chaqmoqning bevafo nuri aldagani kabi, bu xabar umid oʻtini yoqa olmadi. -Yoʻ-oʻq, Bahriddiningiz. Xushxabarni eshitganimizni bilmaydi-da, suyunchi bering, deydi. Suyunchi tayyorlab qoʻyishimiz kerak. -Toʻgʻri aytasan. -Gʻolib boʻlganlarni har hil shaharlarga olib borishibdi. -Salohiddin kelmadimi? Gap Bahriddin haqida ketayotganda toʻsatdan bunday savol berilishi Robiyani ajablantirdi: -Bugun kelmaydi-ku? -Nega kelmaydi? -Ertalab aytdi-ku? Men gapirsam, oʻzingiz yana qaysarlik qildingiz. Haliyam boʻlsa, boring, boshliqlari bilan gaplashing. Har kuni uyga keladigan boʻlsin. Toʻlqin oʻrnidan turdi. Zinadan tushayotib xotiniga oʻgirilib, tayinladi: -Kelib qolsa, ogʻaynilarini bahona qilib joʻnavormasin, zarur gapim bor. Zinadan tushib bir-ikki qadam qoʻyishi bilan yaqindaginada taraqlab yopilgan deraza yana ochildi. -Mullaka, ishimiz bitay deb qoldimi? - deb soʻradi Obodxon. Toʻlqin javob berish uchun toʻxtamadi, unga qaramadi ham. -Ishingiz qanday boʻlsa shunday turibdi, u yerda tanishlarim yoʻq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling