I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
63 
library.ziyonet.uz/ 
 
qoʻngan, endi paysalga solish mumkin emasdi. Bir tomondan qizning otasi kimyo 
sohasida taniqli olimlardan, ikkinchi tomondan shartning “hech boʻlmasa ukam 
ulgʻaygunicha ichkuyov boʻlib turasiz”, degan ilovasi ham bor edi. Shaharda qolib, ilm 
bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan yigit uchun yana nima kerak? 
 
Onasining topgan-yiqqani bilan shaharlik olimga quda boʻlish oson ekanmi? Anchagina 
qarz koʻtarildi. Toʻy oʻtdi. Shavkat shaharda baxtidan mast yashaydi. Qishloqda 
Munavvara bilan Ibrohim qarzdan tezroq qutilish tashvishi bilan nafas olishadi. 
Kambagʻalni tuyaning ustida ham it qopadi, deyilganidek, qarz yarimlamay turib, 
Ibrohimni harbiy xizmatga chaqirishdi. Aslida kasalvand onasiga qarash uchun 
xizmatdan ozod qilinishi lozim edi. Lekin u yolgʻiz farzand emas, onaga qarashi kerak 
boʻlgan yana bir oʻgʻil bor edi. Shahardagi oʻgʻilning bemehr chiqqanini esa qonun tan 
olmasdi. 
 
Xizmati harbiy qurilishda oʻtgan Ibrohim topgan pulini hech narsaga sarf qilmay uyga 
olib keldi. Onasiga uzatib: “Qarzlarga bering”, dedi. “Qarzdan qutilganmiz, bolam, 
oʻzingga 
 
yaxshi kiyim-bosh olgin”, dedi Munavvara. Shunda Ibrohim uning koʻzlariga tikildi. Sal 
avval sogʻinib-sogʻinib tikilganida koʻrmagani - mungni koʻrdi. Bu ne hol? Yuragining 
bir parchasi -oʻgʻli kelib, diydoriga toʻyganda bu mung koʻzlarni tark etishi kerak edi-ku? 
Nega yoʻqolmadi? Bu mung ushalmagan orzu qoldirgan iz edi. Munavvara kenjasi 
harbiydan qaytguniga qadar qarzlardan qutulib, toʻy tadorigini koʻrib qoʻymoqchi edi. 
Qarzdan-ku, qutuldi, ammo orttirib, sandiqqa bir kiyimlik mato ham tashlab qoʻya 
olmadi... 
 
...Gulxandagi oʻtin namroq ekanmi, tutab, Ibrohimning dimogʻini achishtirdi. Koʻzlari 
yoshlanib, bir necha daqiqalik xotira dunyosidan qaytdi. 
 
Toʻlqin “Shaharning yangi prokurori nega meni yoʻqlab qoldi ekan?” degan savoliga 
javob topguniga qadar ancha vaqt oʻtdi. Qabulxonada qariyb yarim soat toqat bilan kutdi. 
U toʻsatdan chaqiriluvining boisini mashina oʻgʻrilariga taaluqli ish bilan bogʻlasa-da, 
xulosa qanday boʻlishini bilolmay garang edi. Uning taxminicha, osmondagi Quyoshni 
ham olishga qodir Keldiyorov bu yerga ham kelganu muddaosiga yetib ketgan. 
 
Toʻlqinning gumoni qisman toʻgʻri chiqdi. Prokurorning birinchi savoli shu oʻgʻrilik 
toʻgʻrisida boʻldi. Toʻlqin “Ish”ning tafsilotini erinmay bayon qildi, prokuror sabr bilan 
tingladi. Toʻlqin gapni bas qilgach, mulohaza bildirib oʻtirmay, maqsadni aytib qoʻya 
qoldi: 
 
-Keldiyorovning kimligi bizga ma’lum. Yugurib yurganini ham bilamiz. Balki sizga 
poʻpisa ham qilgandir. Bu ham ehtimoldan holi emas. Endi gap bunday: bu ishni oʻzimiz 
tergov qilamiz. Har hil gumonlarga bormasligingiz uchun aytib qoʻyay: birinchidan, 
“Ish”ni sizga ishonmaganimiz uchun olayotganimiz yoʻq. Siz meni birinchi marta koʻrib 
turibsiz, lekin men sizning mahoratingiz haqida eshitganman. Ayniqsa, - shunday deb 
prokuror ma’nodor kulib koʻydi, - oʻjarligingiz haqida koʻp gapirishadi. Tuman 
miqyosida koʻrilishi lozim boʻlgan bu kichkina “Ish”ning shahar prokuraturasi ihtiyoriga 
olinishiga boshqa sabablar bor. Hozircha bu “Ish”ning boshqa jiddiyroq “Ish”lar bilan 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling