I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 64 library.ziyonet.uz/ aloqadorligini aytish bilan cheklanaman. Prokuror huzuriga chaqirmay, bunday izoh bermagan taqdirda ham, “Ish”ni topshirish haqida qisqacha buyruq berib qoʻyganida ham Toʻlqin bir nima deya olmas edi. Shu bois boshqa savol berib oʻtirmay, qaytishga izn soʻradi. Prokuror oʻrnidan turib, xayrlashish uchun qoʻl uzatdi-da: “Bu “Ish”ni butunlay unutmang, vaqti kelsa, sizni chorlaymiz”, deb qoʻydi. Toʻlqin ishxonasiga kelib, “Ish”ni topshirish uchun tayyorladi. Prokurorning kutib olishi va kuzatishini, aytgan gaplarini qayta-qayta esladi, mulohaza qildi. Masala Keldiyorov foydasiga hal boʻlmayotganiga ishondi. Ammo Keldiyorovning poʻpisasi tufayli koʻnglida uygʻongan tashvish olovi pasaymadi. Avvallari ham turli martabadagi odamlar unga shu kabi, hatto bundanda battar tahdidlar qilishsa ham choʻchimas edi. Hatto bittasi mahalla chetidan oʻtayotgan katta yoʻlni naq uning uyi ustidan oʻtkazmoqchi ham boʻlgandi. Unda bu kabi poʻpisalarning koʻp puch ekanini sezib turardi. Endi esa... qoʻrqishi bejiz emas. Jinoyat olami avvalgidan koʻra yovuzlashdi. Nimaga shunaqaligini u koʻp oʻylaydi, biroq aniq sababini aytib berolmaydi. Uning bilgani faqat bitta: kinolarda koʻrsatilayotgan jinoyatchilarning yovuzliklari kino tasmalarida qolib ketayotgani yoʻq, hayotga koʻchib, urchib, koʻpayib boryapti. Toʻlqin “Ish”ni topshirib, rasmiyatchiliklarni ado etgach, oʻgʻli oʻqiydigan Akademiya sari beixtiyor ravishda yoʻl oldi. Ertalab xotiniga “biz oʻgʻling bilan toʻrt yil avval kelishib olganmiz, men akademiyasiga bormaslikka soʻz berganman”, degani bilan va’dasiga sodiq qololmadi. Navbatchiga yaqinlashib, oʻzini tanishtirdi-da, oʻgʻliga ikki ogʻiz gap aytib ketishi lozimligini bildirdi. -Toʻrtinchi bosqichdan hech kim yoʻq-ku? - dedi navbatchi unga javoban. -Nega hech kim boʻlmaydi? - deb ajablandi Toʻlqin. -Imtihondan oldingi oxirgi amaliyotga ketishgan, - dedi navbatchi. -Qayoqqa ketishadi? - deb battar ajablandi Toʻlqin. -Buni oʻgʻlingizning oʻzidan soʻraysiz, aytish mumkin boʻlsa, aytadi, - deb gapni kalta qilgan navbatchi joyigaqaytdi. Toʻlqin sal nari borib, toʻxtadi. Nazarida hozir navbatchi uni chaqirib, Salohiddinning qayerdaligini aytadiganday edi. Qayerga borishni, nima qilishni bilolmay, botayotgan oftob kuzatuvida pastak archalar oralab yurdi. Soʻng yoʻlovchi mashina toʻxtatib, uyiga ketdi. Darvoza ostonasidan hatlaboq ayvoni tomon umid bilan qaradi. Nazarida oʻgʻli uyga qaytganu shu yerda oʻtirganday edi. Ayvonda dazmol bosayotgan Robiyaning qoʻli ishda-yu, xayoli televizorda edi. Ertalab yoqilgan televizor hanuz oʻchirilmagandi. Oʻgʻli haqida yana biron suyunchli xabar eshitish niyatidagi Robiya kun boʻyi televizordan uzoqlashmadi. U erining kirib kelganini sezmadi. Toʻlqin “uyga kirsammikin yo izimga qaytsammikin?” degan xayolda toʻxtab qoldi. Oʻgʻlidan xabar olgani kelganini xotini bilib qolsa, bir tashvishi oʻn boʻladi. “Ehtimol ichkarida dam olib yotgandir?” Bu umid |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling