I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 67 library.ziyonet.uz/ -Oʻzimiz harakat qilaylikmi unda? -Ha. Shunday deb chiqib ketdi. Bu qoʻrsligi uchun kelini bombalardan birining piligini yoqishi mumkinligini oʻylamadi. Obodxon qaynogʻasining izidan bir pas gʻazab bilan qarab turdi-da, soʻng ovsiniga oʻgirildi. -Voy savil!-dedi zardali ohangda. - Nokaslik ham evi bilanda! Robiya bu gapni eshitmaganday ayvonga qaytib kirib ketaversa ham boʻlaverardi. Lekin iblis koʻkragidan itarib hech boʻlmasa bittagina gap aytishga majbur qildi: -Obodxon, menga gapiryapsizmi? -Yoʻq, devorga! Obodxon shunday dedi-yu, odatiga xilof ravishda gapni kalta qilib, derazasini yana taraqlatib yopib oldi. “Men gunohkorman Ibrohimjon, kechiring, siz kechirmasangiz Xudo ham kechirmaydi”. “Men sizni kechirganman kennoyi, ruhingiz qiynalmasin, bezovta boʻlavermang”. “Men baxtsiz ayolman...” “Unday demang”. “Kibrimga yarasha qabr azoblari berildi. Hali oldinda qiyomat azoblari ham bor. Men sizni “qaynim” deyishga ham orlangan edim. Sizni qayni emas, ukam oʻrnida koʻrganimda oxiratim bunchalar ayanchli boʻlmas edi... Qaynisini “ukam” deya olgan kennoyilar qanchalar baxtli ekan!..” Gulxandan sachrab chiqqan uchqunlar kennoyisining kir koʻylagiga yopishib kuydira boshladi. Ibrohim oʻtni oʻchirish uchun turmoqchi boʻldi, biroq oyoqlari qimirlamadi - uning hukmiga boʻysunmadi. Koʻylak alanga oldi. Kennoysi bir zumda kuyib kul boʻldi... It hurib, Ibrohim koʻzlarini ochdi. Gulxan alangasi soʻnibdi. Shabada choʻgʻlarni yalab yaltillatib turibdi. Ibrohim hozirgina kennoyisi turgan joyga qaradi. Maysa bosilmagan, kulham yoʻq. Ibrohim choʻgʻni titib, oʻtin tashladi. Bu tushda nima hikmat bor ekan, deb oʻylandi. Keyin shiypondagi oʻrniga chiqib yotdi. Bitta koʻrpachayu bitta yostiqqa koʻnikkan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling