I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 68 library.ziyonet.uz/ tanasiga bu safar oʻrin qattiqlik qildi: u yonboshdan bu yonboshga agʻdarilaverib uxlay olmadi. Kishloqdagi bir-ikki xoʻroz subhi kozibga aldanib chala-yarim qichqirib qoʻygach, oʻrnidan turdi. Sovuq suvda tahorat olgandan soʻng tahajjud namozini niyat qilib qoʻl bogʻladi. Mirzatilla soʻfining ovozi kelib, subhi sodiq kirganini ma’lum qilgach, eshakka minib qishloq tomon yoʻl oldi. Bomdod oʻqilgandan keyin masjid qavmi bilan salom-alik qilib bir oz gurunglashish odati bor edi. Bu safar koʻrgan tushining ta’siri tufayli odatini kanda qildi. Uyga kirib, kampiridan xabar ham olmay bogʻiga qaytdi. Qumgʻonda choy qaynatdi. Bir piyola choy, bir tishlam non - uning nonushtasi shu boʻldi. Ketmonni qoʻliga oldi-yu, yana joyiga qoʻydi. Shiypon chetida oʻtirib, xayolga toldi. U tabiatan irimchi boʻlmasa-da, tushda koʻrganlarini e’tiborsiz qoldirmaydi. Bunga qamoqxonada koʻrgan oxirgi tushi sabab boʻlgan. Oʻshanda “ertaga ozodlikka chiqaman”, degan hayajonda deyarli uxlamagan ham edi. Tongga yaqin koʻzi ilinibdi. Moʻljali boʻyicha yo bir yo ikki daqiqa mizgʻigandi. Tushida onasini koʻrgandi Onasi oppoq libosda emish. “Ayajon, ozodlikka yetib keldim”, -dermish u quvonib. “Sen yetib kelding, men esam ketyapman”, -dermish onasi ma’yuslanib. “Qayoqqa?” “Otangning oldiga...” “Otam... uzoqdalar-ku?”- dermish u ajablanib. “Uzoqdamas. Pastga tushsam boʻldi, bir pasda yetaman. Otangni sogʻindim”, - dermish onasi. “Ketmay turing, men sizni sogʻinganman”. “Sogʻinishimiz qiyomatga qadar... Oxirgi gapimni unutma: hech kimdan qasos olma. Sud paytida xoʻjayiningni oʻldiraman, deb ont ichgan eding. Asti unday qilma. Uni Xudoning oʻzi jazolaydi. Men Xudoga munojotlar qildim: sen uzoq umr koʻrasan, baxtli hayot kechirasan. Men roziman sendan, Alloh ham rozi boʻlsin...” Shunday deb qishloq qabristoniga borganmish. Ochiq goʻrga tushganmish. Qabrga tuproq tashlanmaganmish, ochiqqolganmish... Onasi qasos olmaslikni ta’kidlab har maktubida yozardi. Hukm oʻqilganida, haqiqat va adolat chekinib, tuhmat gʻalaba qozongan onda xoʻrlik azobiga dosh berolmagan yurakdan “Seni baribir oʻldiraman!” degan qasos soʻzlari otilib chiqqan edi. Aslida qonida zulm olovi boʻlmagan Ibrohimning ozodlikka chiqqach tuhmatchi xoʻjayinini oʻldirish niyati yoʻq edi. Lekin onaning qulogʻiga oʻrnashib qolgan oʻsha hayqiriq zarracha pasaymasdi. Ba’zan sokin tun bagʻrini ham yorib jaranglab, uyqudagi onani sapchib turishga majbur etardi. Nazarida hademay oʻgʻli ozodlikka chiqardi-yu, qasosini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling