I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
60 
library.ziyonet.uz/ 
 
qanotlarsiz qolishiga chidash mumkinmi? Begona odamning “qarzlari boʻlsa men 
toʻlayman” deb turishiga-chi? Bomdodga chiqarish moʻljallangan mayitni asrga qadar 
saqlab turishdi. “Oʻlikning egasi kelsin”, deyishdi. “Ayolni lahadga oʻgʻli qoʻyishi 
kerak”, deyishdi. Lahadga ham begona qoʻydi... Bularning barchasini Ibrohim oʻlim 
toʻshagidan turib, uyiga qaytgach eshitdi. “Akam jon beray deb yotgan boʻlsa ham yetib 
kelishi kerak edi, nega kelmabdi?”-deb soʻradi. “Shu kuni akang nomzodlik 
dissertatsiyasini yoqlashi kerak ekan”, deb yolgʻon aytishdi. “E Xudo!-deb nola qilgan 
edi oʻshanda Ibrohim. - Akamni bir umrga badnom qilib qoʻyibsan-ku? Agar zarracha 
akli boʻlsa, endi bu dunyoda bosh koʻtarib yurolmasligi kerak. Undan koʻra oʻsha 
dissertatsiyasiga qoʻshib olovda yondirib yubora qolsang boʻlmasmidi?! Akamni men 
uchun tiriklayin oʻldirib beribsan. Tirik-oʻlik akam borligini bilib yashash menga ham 
qiyin. Shu azobga loyiq koʻrdingmi meni?!” Buning shunchaki azob emas, balki imtihon 
ekanini Ibrohim u damda bilmasdi. Usta Umar qori anglatdi. Ibrohim imtihondan oʻtish 
uchun kibrni yengishi kerak edi - yengdi. Onasi tushlariga kirib akasining uyiga borishga 
undayverdi. Usta Umar qoriga oʻjarlik qilgan Ibrohim onasining ruhiga e’tiroz 
bildirolmadi. 
 
Ibrohimning nazarida onasi toʻngʻich oʻgʻlini kichigiga nisbatan yaxshiroq koʻrardi. Ha, 
bu faqat Ibrohimning fikricha shunday edi. Aslida ona farzandlarini, ayniqsa eridan 
yodgor qora koʻzlarini birini ikkinchisidan afzal koʻrmaydi. Shavkat bolalikdan ilmga 
ixlosmand edi. Shu sababli dars tayyorlashiga halal bermaslik maqsadida onasi uni turli 
ishlardan ozod qilardi. Ibrohimning oʻqishga toqati yoʻq edi, oqibatda yumushlarning 
asosiy qismi uning zimmasiga tushardi. Kunduzlari dalada ishlashardi, yorilgan tovonlari 
azob berishiga qaramasdan mashoq terishardi. Shunda onasi “Shavkatim kitobini 
oʻqisin”, deb uni uyda qoldirishga turli bahonalar izlardi. Brigadir ham koʻpincha uning 
bahonasiga koʻnardi. Agar Ibrohim ishga chiqmasa dakki eshitardi, ba’zan quloq 
choʻzma yerdi, biroq, Shavkat bunday jazolardan mustasno edi. Yogʻoch oyogʻini 
doʻqillatib yuruvchi, tabiatan qoʻpol boʻlgan brigadirni Ibrohim yaxshi koʻrardi. 
Qishloqqa choʻloq boʻlsa-da, tirik qaytgan birinchi askar shu kishi edi. Hadeb “qora xat” 
kelaverib yuraklari zada boʻlgan qishloq ahli uchun oʻsha kun haqiqiy bayramga 
aylangandi. Kimdir hatto qoʻy soʻygan ham edi. Qoʻyni kim soʻygani Ibrohimning 
yodida yoʻq, ammo toʻyib goʻsht yeganini unutmaydi. Brigadir Ibrohimga “Sen kimning 
oʻgʻlisan. Bilasanmi? Bilmasang bilib qoʻy: sen zoʻr odamning oʻgʻlisan!” deb qoʻyardi. 
Urush qahramonidan bu maqtovni eshitish uning uchun gʻoyat katta baxt edi. 
 
Yorilib, azob berayotgan tovonlariga kechasi surilgan yogʻ bir oz davo boʻlardi-yu, tong 
otar-otmay yana dalaga yoʻl olish uning uchun odatiy bir holga aylanib qolgandi. 
Brigadir mashoq terayotganlarni qiziqtirish uchun “baraka” topganlarga mukofot e’lon 
qilgani bilan va’dasini bajarmasdi. Shu sababli qoʻshaloq bashoq chiqqan taqdirda ham 
suyunchi soʻrab unga yoʻliqishmasdi. Bir kuni brigadir yonidan oʻtib ketayotganida 
Ibrohim topgan “baraka”sini koʻrsatdi. U esa hammani hayratda qoldirib Ibrohimga 
mukofot tarzida toʻrt hovuch bugʻdoy berdi. Oʻsha kuni onasi isitmalagani sababli dalaga 
chiqmagan edi. Mukofot shodligi bilan qaytgan Ibrohim “onam ham quvonarlar”, deb 
oʻylagan edi, unday boʻlmadi. Onasi: “darrov qaytarib ber, bizning boshqalardan bir 
tishlam oshiqcha non yeyishga haqqimiz yoʻq”, deb gapni kalta qildi. Ibrohim onasining 
gapini soʻzsiz bajarishga odatlangan edi. Ayniqsa otasining oʻlimi haqidagi xabar 
kelganidan beri onasi bir nima deydigan boʻlsa hatto koʻz qarashi bilan ham norozilik 
bildirishdan oʻzini tiyardi. Lekin bu safar astoydil qarshilik bildirgisi keldi. Toʻrt hovuch 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling