I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 57 library.ziyonet.uz/ tergovchining yuziga rosmanasiga tupurmoqchi ham boʻldi-yu, oʻzini bir amallab tutib, shart oʻgirildi-da, chiqib ketdi. Bu onga kelib Toʻlqinning ham sabr kosasi toʻlgan edi. Oʻzaro gaplari yana picha davom etsa u ham tupuradigan holga kelib qolardi. Eshik yopilgach, alamini qoʻlidagi qalamdan oldi. Barmoqlari beihtiyor ravishda uni siqib, sindirdi. Keyin mayda boʻlakchalarni eshik tomon otdi. Unga bu paytgacha turli tahdidlar qilishgan, hatto bolalarini eslatib ham turishgan. Lekin bu odamning tahdidi oʻzgacha ta’sir etdi. Oldingilarini quruq tahdid siftida qabul qilgandi, bir oz havotirlanib keyin unutgandi. Bunisi esa amalga oshishi boshlangan fojia boʻlib tuyulib, badanida titroq turdi. Agar telefon qoʻngʻirogʻi jiringlab qolmaganda balki shu telbalik ta’sirida Oʻlmasning izidan yugurib chiqib “sen hali mening oʻgʻlimning taqdiri bilan oʻynashmoqchimisan!”, deb yoqasiga yopishishdan ham toymasmidi... Gʻazab - qisqa muddatli telbalikdir, deydilar. Shu ahvolda telefon goʻshagini koʻtardi. Shahar prokurorining yordamchisi tez yetib kelishni buyurdi. Qishloqdan uzilib, orolchaga oʻxshab qolgan doʻnglikka bogʻ qilgan Ibrohim oʻrik daraxti gʻoʻra tukkan mahalda shiyponga koʻchib chikqan edi. Kampiri “hali yerning zaxi qochgani yoʻq, ertaga belingizni koʻtarolmay menga ish orttirmang”, deb toʻsqinlik qilsa ham unamadi. “Men uyda boʻlsam kelinlarga ozodlik yoʻq, yo biron ish buyuraman yoki mendan iymanishib xohlagancha oʻtirib, xohlagancha yurisholmaydi”, deb bahona qildi. Aslida kenglikka intilish bolalikdan qolgan odati. Ayniqsa yoshlik yillari qamoq azobini totib kelgandan keyin keng hovlisi ham torday tuyuladigan boʻlib qolgan. Doʻnglikka suv chiqarib bogʻ qilishi ham shundan. Bu yerdan goʻyo butun olam koʻrinadiganday. Goʻyo butun olam uning oʻzinikiday. Bu yil chindan ham bahorning tafti sal pastroq keldi. Kunduzi qaysi bir gʻovaklarda berkinib yotgan qish nafasi quyosh botishi hamonoq shiyponiga bostirib kelib, kechasi bilan zirillatib chiqadi. Xufton namoziga hali picha vaqt bor edi. Ibrohim odati boʻyicha shiypon yonida kichikroq gulxan yoqib, xarsang ustiga toʻnini tashlab oʻtirdi. Shu oʻtirishida mudradi. Tush koʻrdimi yo akasining ruhi yana paydo boʻldimi, bilolmay qoldi. Gulxan yoniga qadar asta yurib keldi akasi... Oʻychan tikildi akasi... “Yana keldingizmi?”-deb soʻradi Ibrohim. “Bolalarimdan koʻnglim notinch. Bir borib kelsang boʻlardi”, - dedi akasi. “Men bordim nima-yu, bormadim nima? Bolalaringiz yosh boʻlsa ekan, quloqlaridan choʻzib tanbeh berib kelsam. Bolalaringiz ham oʻzingizga oʻxshaydi. Birovning nasihatini quloqqa ilishmaydi”, - dedi Ibrohim. “Uyimga bir borib kel, Ibrohim, meni injitma...” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling