I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 55 library.ziyonet.uz/ Bultur qamoqdan qutulib qolishini Sanjar katta baxt deb sanamasdi. Otasidan minnatdor ham boʻlmasdi. U otasi kabi birovga qulluq qilib, birovdan ustun turib yurishni istamasdi. U barchaning oʻziga qulluq qilishini istardi. Buning birdan bir yoʻli uning nazarida oʻgʻriboshi boʻlish edi. Ikki kundan beri qoʻlga tushish sababini tahlil qilardi. Otasi koʻmagida bu yerdan chiqqach, boshqa zoʻrroq guruh tuzish rejasini oʻylardi. Vaqtinchalik qamoq xonasida oʻzining ertasi haqida oʻylayotgan Sanjarning taqdirini tergovchi xonasida turgan bu ikki kishi hal qiladiganday edi. Biri ayblab, jazoni ravo koʻrsa, ikkinchisi bu jazo toʻridan yulib olish umidida edi. Shunday niyatda turgan bu ikki odamning ayni choqda tarbiya hususida oʻylashi yoki bahslashishi tashqaridan turib kuzatgan kishiga ehtimol nodonlik boʻlib tuyulardi. Shu sababli tergovchining tarbiyaga doir fikriga Oʻlmas uncha e’tibor bermay, gapining yakuniga diqqatiniqaratdi: -Qanaqa ishlar? Tushunmadim? “Tushunmaganmish...Baloga tushunasan. Oʻgʻlingga oʻxshab oʻzingni merovlikka solyapsanmi?” -Toʻlqin shunday deb oʻyladi, lekin javobni qisqaroq qildi: -Tushunibqolarsiz... -Birodar, noxushroq vaziyatda tanishayotgan boʻlsak ham kelgusida aka-uka boʻlib ketishimiz ham mumkin. Shuning uchun osmondan sal pastroq tushing. Bu dunyoda kelishmaydigan ish yoʻq. -Siz men bilan kelishmoqchimisiz? Axir siz oʻgʻlingizni aybsiz deb da’vo qilasiz-ku? Oʻgʻlingizning oʻgʻirlikka sirayam daxli yoʻq, u mashina yonidan oʻtib ketayotganida nodon militsiya ushlab olgan, toʻgʻrimi? -Nodon emas-ku, lekin adashib ushlagan. -Shunga oʻzingiz aniq ishonasizmi? -Nega ishonmas ekanman? -Ishonsangiz... kelishmoqchi boʻlayotganingiz qiziq. Men oʻgʻlingizni oʻgʻirlikda ayblayapman, demak, men bilan kelishyapsiz? Toʻgʻri tushunibmanmi? Kimningdir sabr kosasi chuqurroq, boshqa birovniki sayozroq boʻladi. Oʻlmas tabiatan ikkinchi toifadan edi. Toʻlqin sovuq qarshi olgandayoq, sabr kosasi gʻazabga toʻlib boʻlgandi. Lekin murosaga undovchi kuch bu kosani chayqatmay, gʻazabni toshirmay turgandi. Toʻlqinning keyingi gapi bu kuchning ildiziga bolta urib, gʻazabga limmo-lim sabr kosasini chayqatib yubordi: -Gapni aylantiravermang. Beshtami, oʻntami - boʻladiganini aytavering. Savdolashgan - nomard! Yana suyunchisiga bitmayotgan ishingizni fiysabililloh toʻgʻirlab beraman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling