I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 52 library.ziyonet.uz/ Toʻlqin shunday deb oʻrnidan turdi-da, derazani ochdi. Tashqaridagi odamning kimligini bilib tursa-da, atay gapni aylantirdi:- U kishi kim, biron xoʻjayinmi yo zoʻrroq bir odamning sizga oʻxshagan gumashtasimi? -Unaqamas, Oʻlmasjon akani hech boʻlmasa shaharning yarmi taniydi, izzat qiladi. -Shunaqami? Unda men shaharning tanimaydigan ikkinchi qismida ekanman. Qoʻrqmas bu pichingni anglamaganday tanishtirishni davom etdi: -Oʻlmasjon aka Sanjarbekning dadalari. Oraga birovni koʻymay, hurmatingizni qilib, oʻzlari keldilar. -Oraga birovni qoʻymagan boʻlsa, unda siz kimsiz? Dallolmisiz, vakilmisiz yo koʻshmachimisiz? Aytilgan soʻnggi soʻzga iblis qitiqlagan taqdirda ham kulib turish mumkin emasdi. Qoʻrqmas bu safar iblis turtmasa ham oʻrnidan turib xona sohibiga norozi qiyofada qaradi: -Ja-a oshirvormang, aka! Menga fe’lingiz ma’lum, lekin bu safar otdan tushavering. “Oʻynashmagin arbob bilan...” degan gapiy bor-ku, Oʻlmasjon akam arbob boʻlmasalar ham bellari ja-a baquvvat. “Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning”, deyishganini bilarsiz. Uka sifatida bir yomon gapim shu sizga. -“Qoʻshmachimisiz?” deganim yoqmadi, a? Bilib turibman, bu soʻz har qanday odamning hamiyatiga tegadi. Endi uka sifatida ayting-chi, agar koʻshmachi boʻlmasangiz nima uchun har bob bilan urishga qodir arbob akangizning oʻzlari kirmadilar? -Yoʻlda advokat gapga tutib qoldi. Chaqiraymi, kiraversinlarmi? -Chaqirmang. Fe’limni bilar ekansiz, arbob akangizni qanday boshlab kelgan boʻlsangiz shunday boshlab olib keting. Men bilan gaplashib hafsalalari pir boʻlmasin. -Aka, men sizga bir gap aytaymi? -Yoʻq, uka, oʻsha bitta gapni men sizga aytaman. Toʻlqin oʻsha bitta gapini aytishga ulgurmadi. Eshik ochilib, Oʻlmas Keldiyorov iltifotsiz ravishda kirib keldi. Salom berib koʻrishish uchun koʻl uzatguncha ham Toʻlqin joyidan jilmadi. Koʻrishgandan soʻng “keling, oʻtiring” ham demadi. Iltifotsiz tashrifga shu tariqa iltifotsiz takalluf koʻrsatildi. Mehmon huzurida noqulay ahvolda qolgan Koʻrqmas tezroq chiqib ketish maqsadida: -Oʻlmasjon aka, mening ozgina chala ishlarim bor edi, ketaversam boʻlarmikin? - deb soʻradi. Oʻlmasjon akasidan ijozat ishorasi boʻlgach, tez-tez yurib xonadan chiqdi. Toʻlqin “bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling