I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
48 
library.ziyonet.uz/ 
 
tikildi: 
 
-Amnistiya tufayli qamoqdan mudatidan avval ozod qilingan. Mana shu bir oy ichida 
oltita mashinaning qulfini sening koʻrsatmang boʻyicha ochib berganini boʻyniga oldi. 
Meni qiziqtirayotgan narsa - u bilan 2001 yildan avval ham tanishliging bormidi yo 
qamoqdan chiqqanidan keyin osh-qatiq boʻlib qoldingmi? Javob ber, advokating ham 
eshitsinlar. 
 
-Agar mashina qulfini ochgan boʻlsa, oʻzidan soʻrayvering, men unaqa bolani 
tanimayman. 
 
-Senlarni qoʻlga olganimizda uchchovlaring birga edinglar-ku, yo buni ham rad 
etasanmi? 
 
-Men oʻsha yerdan oʻtib ketayotgan edim, toʻpalon boshlanganida qiziqib qarayman 
desam, odamlaringiz hovliqishib meni ham ushlab olishdi. 
 
-Mening odamlarim bekorga hovliqishmaydi, sening toʻpalonga qiziqishingni 
videotasmadagi tasvir koʻrsatib turibdi. Hali shahar turmasiga oʻtganingda burningni 
yerga ishqashsa esing joyiga kelib qolar. 
 
-Men norozilik bildiraman, - dedi advokat keskin ohangda. - Siz tergov yuritish 
jarayonini koʻpol ravishda buzyapsiz. Siz mijozimga tahdid qilyapsiz. 
 
Toʻlqin unga javob qaytarishga ulgurmay eshik taqillab, keyin qiya ochilib
Qoʻrqmasning yuzi koʻrindi. 
 
-Mumkinmi, Toʻlqin aka? - Ruhsat soʻrashga soʻradi-yu, ijozat boʻlishini kutmay, 
ichkariga bir qadam qoʻydi. Kecha boshliq bilan gaplashgan Toʻlqin uni bu ishdan 
rasman chetlatgan edi. Shunga qaramay tergov chogʻida uning suqilib kirishi gʻashini 
keltirib dagʻallik bilan: 
 
-Yoʻq, mumkin emas!-dedi. 
 
-Bir ogʻizgina gap? - deb u yana bir qadam qoʻydi. 
 
-Sizga “mumkin emas”, deyildi, chiqing, - Toʻlqin oʻqrayib qaraganicha uning chiqib 
ketishini kutdi. Eshik tashqaridan yopilgach, advokatga yuzlandi:-Siz shu gapni tahdid 
deyapsizmi? 
 
Ayting-chi, janob himoyachi, - Toʻlqin “janob himoyachi” soʻziga kinoya urgʻusini 
berdi:-mashinangiz bormi? 
 
-Bor, nima edi? 
 
-Shunchaki soʻradim. Har holda mashinangiz hali oʻgʻrilar qoʻliga tushmagan boʻlsa 
kerak. Agar biron nimangizni oʻmarib ketishganda menga boshqacha da’vo qilardingiz. 
“Urib boʻlsa ham, oʻldirib boʻlsa ham boʻyniga qoʻying, qamang, sharmandasini 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling