I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
45 
library.ziyonet.uz/ 
 
Oyimni gapirgandan koʻra adangizga ayting, jigarlari yomon boʻlishsa ham bizga ozgina 
qayishsinlar. Bitta ishimiz tushgan ekan ikki kundan beri hammamizni sargʻaytiradilar. 
 
Oftobxon bu gaplarni aytayotganda Salohiddinning koʻz oldiga kennoyisi keldi. Nazarida 
bu gaplarni qiz emas, uning onasi aytayotganday tuyuldi, hatto koʻzlarini bir yumib 
ochdi. Qizni ovutish maqsadida bilagidan asta ushladi: 
 
-Oftob, - deb asta siltadi, - Oftob, shu gaplarni hech boʻlmasa sen gapirmagin. Sen bilan 
men boshqacha odamlarmiz-ku? 
 
-Qanaqasiga boshqacha odamlarmiz? - dedi qiz zardasini bas qilmay. - Men oyimning 
qiziman. Siz - ota oʻgʻilsiz! 
 
-Oftob, iltimos, jahling chiqmasin. Men sening bu gaplaringga xafa emasman. Sen ham 
hazilimga xafa boʻlmagin. 
 
Aytadiganini aytib iblisni quvontirgan Oftobxon endi shart burildi-da: 
 
-Yaxshi oʻqib keling, boʻlajak leytenant!-deb tez-tez yurib ketdi. 
 
Salohiddin uning izidan borib toʻxtatmoqchi, shashtidan qaytarmoqchi boʻldi. Bir qadam 
bosdi ham, lekin fikridan qaytib turgan yerida: 
 
-Bugun Sherbuloqqa bormoqchiman, xohlasang birga yura qol, - dedi. 
 
Oftobxon bu gapni eshitdi. Yigitning tamoman yengilganidan qanoat hosil qildi. Toʻxtab, 
orqasiga qaramoqchi ham boʻldi. Lekin iblisning “esing bormi, nega qaraysan, ahmoqligi 
uchun endi oʻzining yogʻiga oʻzi qovrilib yuraversin. Sen bopladingmi, endi 
boʻshashma!” degan da’vatiga amal qildi. 
 
Toʻlqin ba’zan ajablanib qoladi. Bu taqdir yozugʻimi yoki omadsizligimi, farqlay 
olmaydi. Dunyoviy fikr bilan chegaralangani uchun oʻzicha “taqdir hazili boʻlsa kerak”, 
deb qoʻyadi. Boshqa hamkasblari yuritgan jinoiy ishlarga havasi kelgan paytlar ham yoʻq 
emas. Gap shundaki, qoʻli uzunroq janoblardan biri u yuritgan ishlardan hech boʻlmasa 
beshtadan ikkitasiga aralashib, jinoyatchini qutqarib olish maqsadida uni gangitib 
yuboradi. Bu safar ham shunday boʻldi. Bozorda qoʻlga olinganlar orasida oliftaroq 
kiyingan, oʻzini kattaroq tutayotgan yigitchaga qarab: “shuning bir balosi bor”, deb 
qoʻygan edi, adashmabdi. Birinchi soʻroqda himoyachi kelmagunicha gapirmasligini 
ma’lum qilganidayoq, ishi oson kechmasligini angladi. “Bu bola jinoiy ish yuritish 
jarayonini qayerdan biladi?” degan savoliga javob topish uchun uchchala yigitchaning 
oʻtmishini aniqlashni jinoyatga doir qidiruv boʻlimi noziriga topshirganda masala sal 
oydinlashganday boʻldi. 
 
-Bittasini taniyman, hali bozorda aytmoqchiydim, koʻpchilik oldida indamay 
qoʻyaqoldim. Shu bolaning ishini uncha chigallashtirmaganingiz yaxshi. Otasi ancha 
hurmatli odamlardan. 
 
Bu gap Toʻlqinni ham sergaklantirdi, ham jahlini chiqardi. Boʻlimga yaqinda ishga 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling