I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
47 
library.ziyonet.uz/ 
 
ishga barvaqt kelib, xayolini chalgʻitadigan gaplarga oʻralashib, chalgʻib qolmaslik uchun 
belgilangan soatga bormoqchi edi. Ukasi bilan boshlangan noxush suhbatdan tezroq 
qutilish uchun nonushtani ham nihoyasiga yetkazmadi. Shoshilmayotgani uchun avtubus 
bekatida toʻxtamay asta piyoda ketdi. Qator qilib qurilgan uylarga razm soldi. Salkam 
qirq yil avval barpo boʻlgan mahalla yangi oʻzgarish pallasiga kirgan edi. Poydevor 
tiklanganda bir quvongan, uyning tomi yopilganda Xudoga shukurlar qilgancha, chalasini 
kelgusi yili bitkazib olarmiz, degan niyatda qorasuvoq xonalarga koʻchib kirib, 
quvonchdan koʻzlari yoshlangan avlodning koʻpchiligi bu dunyoda yoʻq. Chakka oʻtib 
turuvchi uylarda bolaligi kechgan yangi avlodga ota-onalari qurib ketgan binolar kichik 
va xunuk koʻringani uchun buzib, dangʻillama imoratlar tiklashni boshlaganlar. Toʻlqin 
shu imoratlarga qarab ba’zan oʻylanadi: “puli bor ekan, mayli quraversin. Lekin bu qadar 
bahaybat xonalarning nima keragi bor? Pul topish uchun oʻzini oʻtga-choʻqqa urmasdan
boylikka yetishaman, deb birovlarni bosib-yanchib oʻtmasdan tinch yashasalar 
boʻlmasmikin?” Toʻlqin bunday baland imoratlar qurilishga berilish qiyomat xabari 
belgilaridan ekanligi haqidagi sharafli 
 
hadisni eshitmagan. Bilganida edi, boshqacharoq fikrlagan boʻlardi. “Uyni 
buzdirayotganlar bu devorlar suvogʻida ota-onalari panjalarining izlari qolganini fahm 
etarmikinlar? Uy bilan birga xotiraning katta bir qismi ham oʻlimga mahkum etilganini-
chi?” Toʻlqin hozir shularni oʻylaydi. 
 
Piyoda yurishni ixtiyor etganda avtobusning kechikishini hisobga olmagan ekan, shu bois 
oʻzi belgilagan paytga yetib kelolmadi. Advokatning ma’noli tarzda soatiga qarab 
qoʻyganini sezmaganday iliq salomlashib, xonasiga taklif qildi, soʻng soqchiga mahbusni 
olib kelishni buyurdi. 
 
Otasi qanotida erkin yashashga oʻrgangan Sanjar Oʻlmasovga ikki kunlik qamoq oʻz 
ta’sirini oʻtkazgan edi. Otasi yordamida tez orada qutilib ketishiga ishongani sababli 
vaqtinchalik qamoqxonadagi qattiq oʻrindiqda ikki kecha yotish uning uchun gʻoyat ogʻir 
jazo boʻlib tuyulgandi. Toʻlqin ortiqcha gap-soʻz qilib oʻtirmadi-da, advokatni tanishtirib
tergovni boshladi: 
 
-Atham Sindorov bilan qachon va qayerda tanishgansan? 
 
-Qanaqa Atham, qanaqa Sindorov? Mening bunaqa ogʻaynim yoʻq!-deb baqirgan Sanjar 
“Toʻgʻri qildimmi?” deganday himoyachisiga qarab oldi. Himoyachi bu qarashning 
ma’nosini anglamaganday unga biron bir ishora qilmadi. Toʻlqin baqirgani uchun 
yigitchaga tanbeh berishi mumkin edi, lekin bunaqangi hollarni koʻp koʻrgani sababli 
e’tibor bermaganday tergovni hotirjam tarzda davom ettirdi: 
 
-Ehtimol shunaqa ogʻayning yoʻqdir. Lekin sheriging bor... - shunday deb qogʻozlar 
taxlami orasidan bir varaqni ajratib olib, oʻqidi:-Atham Sindorov, 1985 yilda tugʻilgan. 
Sendan bir yosh kichik ekan, a? Lekin hayot tajribasi senikidan koʻproq. 2001 yilda 
oʻgʻirlik uchun qamalgan. Qulf ochishga usta boʻlgani uchun qamoqxonada “Maestro” 
deb laqab berishgan. Senam shunday deb chaqirarmiding? 
 
Bu savoldan keyin Sanjar himoyachisi bilan koʻz urishtirib oldi. Toʻlqin advokatning 
labini sal qimtib bosh chayqaganini sezib, yigitchadan javob kutmay, yana qogʻozga 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling