I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
44 
library.ziyonet.uz/ 
 
topganini oʻrtada boʻlib yeyishgan. Men ba’zan oʻsha zamonga qaytgim keladi. Xudo 
haqqi, agar shunaqa imkoniyat tugʻilsa, oʻylab oʻtirmay qaytardim. Sizda-chi, sizda ham 
shunaqa orzu boʻladimi? 
 
Salohiddinga uning bu safargi orzusi kulgili tuyildi. Qizni ezgin kayfiyat jaridan tortib 
olish maqsadida hazil qildi: 
 
-Menda bunaqa xomxayollar boʻlmaydi, - dedi u jilmayib. - Chunki u davrga qaytsam 
men ishsiz qolaman. Lekin sen... agar imkoniyat tugʻilsa boraver. Oyingni ham 
olvolsang, oʻsha yoqdan ul-bul olib kelib sotib turadilar. Har holda ibtidoiy davrda mol 
arzon boʻlsa kerak. 
 
Oh! Bu toʻmtoq hazilni iblis orzuqib kutayotgan edi-ya! 
 
Iblis oʻzaro yaxshi munosabatda boʻlgan yoshlarning orasini buza olsa, qachonlardir 
quvilgani jannatga yana qaytib tushganday zavq oladi. Iblis doʻstlikdan shunday 
bezillaydi-ki, yaxshi va yaqin munosabatni koʻrganida huddi tikonzor boʻylab 
yalangoyoq yugurganday azob chekadi. Yoshlarning atrofida yurib yalinadi: 
“qalbingizdan bir ozgina joy bering, sizga yomonlik qilmayman, yaxshi narsalarni 
koʻrsataman, men tufayli siz lazzatli hayot kechirasiz...” Nadomatkim, ba’zan yalinishlari 
ish berib ham qoladi. Salohiddin bilan Oftobxon bu toifadan boʻlmasa-da, iblis ulardan 
koʻnglini uza olmasdi. Izlaridan qolmasdi. Vasvasadan tolmasdi. Hozir umid bilan 
Salohiddinga “qizning dardini hazil bilan yengillatish mumkin, bu gaplari aytgin”, deb 
shivirladi. Yoshlikka hos nodonligi tufayli yigit qutquga itoat etdi va oqibat oʻzini qiz 
roʻparasida nochor ahvolda koʻrdi. 
 
Oftobxon amakivachchasining gapini eshitgach yigʻlab yuboray dedi. Avvaliga shart 
burilib ketvorgisi keldi. Lekin iblis bunga yoʻl qoʻymadi, vasvasa qildi: “Indamay ketma, 
hech boʻlmasa “ahmoq ekansan!” deb ayt!” Oftobxon unga toʻla itoat etmasa-da, 
andishaning oti koʻrqoq boʻlishini lozim koʻrmadi: 
 
-Siz... mening oyimni masxara qilmang, - dedi yigʻlamsirab. - Tijorat qilayotgan boʻlsalar 
halol mehnatlari bilan topyaptilar. 
 
Iblis qopqoniga ilinib pand yegan Salohiddin endi undan chiqib, oʻzini oqlash chorasini 
izladi: 
 
-Oftob, - dedi yalinish ohangida, - hazillashdim-ku, shunga ham jahling chiqdimi? 
 
-Bu gapingiz hazil emas. Siz ham, amakim ham, kennayim ham, hammangiz oyimni 
yomon koʻrasiz. Balki oyimning yomon odatlari bordir. Lekin u mening onam!-Shu 
gapni aytayotganida Oftobxon ovozidagi titroq yoʻqoldi, gʻurur ohangi yangradi. 
Salohiddin buni sezdi, hozirgi xatosining oʻzi oʻylagandan ham ayanchli ekanini ham his 
etdi. Oʻzini oqlash uchun soʻz aytmoqchi boʻlganida qiz gapirtirmadi:-Tushunyapsizmi? 
U mening onam!-Bu safar yanada dadilroq va yanada faxr bilan aytdi. - Men qiz bola 
boʻlsam ham, sizga oʻxshagan milisa boʻlmasam ham... - Endi qizning gaplarida 
onasining kinoyali ohangi sezildi:-oyimni oyoqosti qilishinglarga yoʻl qoʻymayman. 
Oyim choʻmichlarini koʻtarib sizlarning qozonlaringiz tepasida oʻtirib olganlari yoʻq. 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling