I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 53 library.ziyonet.uz/ qanaqa tartib boʻldi”, degan ma’noda bosh chayqab qoʻydi. U ham mansab, ham unvon jihatdan yuqori turgani yoki xona egasi boʻlgani uchun uni toʻxtatib, chiqish uchun ijozatni begona odamdan soʻragani bois tanbeh berishi mumkin edi. Lekin gapni choʻzishni istamadi. “Nega keldingizu, nega indamay turibsiz, gapirmaysizmi?” deganday chaqirilmagan mehmonga qarab turaverdi. Oʻlmas bu tergovchining qaysarligini eshitgan, biron toʻxtamga kelish chogʻida savdoni pishirish qiyin boʻlishini kutgan edi-yu, lekin bunday sovuq qarshilashini xayoliga ham keltirmagandi. “Pul boʻlsa - changalda shoʻrva” degan maqolni Oʻlmas oʻylab topmagan. Oʻlmasga oʻxshaganlarning sa’y-harakatlariga qarab turib qaysi bir dono aytgan. Dunyoda hali hech kim qaynoq shoʻrvani hovuchiga solib turmagan. Kamondan uzilgan oʻqni ham birov ushlab qololmagan. Shu zamonga qadar qoʻy zoti boʻrini aravasiga ot oʻrnida qoʻshmagan. Oʻlmas buni biladi. Lekin pulning kuchi bilan bularning hammasini amalga oshirish mumkin deb hisoblardi. Hozirgi munosabatni koʻrib fikri sal oʻzgarganday boʻldi. “Bu bilan til topishishdan koʻra qoʻyning aravasiga boʻrini qoʻshib xizmat qildirish osonroqqa oʻxshaydi-ku?” degan fikr xayolini yoritib oʻtdi. Tergovchidan sado chiqavermagach, oʻzi tilga kirdi: -Hormang, ishlar bilan charchamayapsizmi? Kunda million yoki undanda koʻp odam biron kishini suhbatga chorlash uchun gapni shunday boshlaydi. Kunda million yoki undanda koʻp odam unga bunday javob beradi: -Salomat boʻling... Agar suhbatga mahtal turgan boʻlsa bu tarzda javob qiladi: -Salomat boʻling, rahmat, yuribmiz soyai davlatingiz ostida... Toʻlqin suhbatga mahtal emasdi, shu bois javobning birinchi turini lozim koʻrdi. Oʻlmas “asling toʻnkamijozmi yo narxingni oshirmoqchimisan?” degan savolga javob topmoqchiday yana bir oz qarab, soʻng muddaoga koʻchib qoʻya qoldi: -Nima uchun kelganimni bilib turgandirsiz, gapni aylantirishga hojat yoʻqdir? -Ha, hojat yoʻq. Kelib bekorga ovora boʻlibsiz. -Ovora boʻlsak farzandimizning taqdiri uchun ovora boʻlamiz. Yana bu yoqda sizning obroʻyingiz ham bor... - Oʻlmas “gapim ta’sir qilyaptimikin”, deb bir nafas sukut qildi, keyin ta’kid etdi:-hurmatingiz ham bor. Toʻlqin “bu ulugʻlarning oldida obroʻyim bor ekan”, deb ta’sirlanuvchi toifadan emasdi. Shu sababli javobida hayajon sezilmadi, sovuq ohang saklanib qoldi: -Farzand uchun ovora boʻlishni sal kechroq boshlabsiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling