I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 56 library.ziyonet.uz/ -Bitmayotgan qanday ishim bor ekan? -Keliningiz mol bilan koʻlga tushib qolibdimi? Istasangiz hozirning oʻzida qoʻngʻiroq qilaman. Ikki soatdan keyin molni olib chiqib ketadi. Hech qanday gap-soʻz boʻlmaydi. Bu Toʻlqin uchun kutilmagan taklif boʻldi: “Shuni ham iskab topishibdimi? Demak, ahdlari jiddiy...” Tergovchining oʻylab qolganini rizolik alomati deb tushungan Oʻlmas “Qoʻngʻiroq qilaveraymi?”-deb qayta soʻrab javobni kutmayoq qoʻl telefonidagi raqamni tera boshladi. -Yoʻq., , - dedi Toʻlqin, - kelinim mol bilan qoʻlga tushgan boʻlsa - bu ularning muammosi. Menga suyunchi kerak emas. -Sizni oʻjar desam... - Oʻlmas shunday deb jimib qoldi. -Davomini ham aytavering, gapingiz ichingizda qolib ketmasin. -Ahmoqroqekansiz! -Yumshoqroq qilib aytganingiz uchun rahmat. Lekin bir narsani aniqlashtirib olishimiz kerak: siz taklif qilayotgan besh-oʻntani, har holda koʻkidan boʻlsa kerak-a, olmayotgan men ahmoqmanmi yo berolmayotgan sizmi? -Ha, buni albatta aniqlashtirib olishimiz kerak, - Oʻlmas shunday deb telefonini oʻchirdi- da, bir qadam oldinga bosdi. Tergovchiga gʻazab bilan tikildi:-Endi gapning oʻgʻil bolasi bunday boʻladi: ikkalamizning ishimiz qimorga aylandi. Koʻnda faqat mening oʻgʻlim emas, sizniki ham turibdi. Hozircha bittasi. Kattasi Akademiyada oʻqirkan shekilli? Agar yutqizishni istasangiz oʻzingizning oʻyiningizni oʻynayvering. Oʻlmas shunday deb tahdidining ta’sirini bilmoqchiday unga yana bir oz tikilib turdi. Toʻlqinning yuzida oʻzgarish sezilmadi: -Agar bu ishimiz qimor oʻyini boʻlsa, siz ehtiyot boʻling. Men yaxshi qimorbozman, hech qachon yutqizmaganman. Oʻzingiz ayting-chi, qoʻlida ikkita “tuz” bor oʻyinchi yutqizadimi? -Zoʻrsiz-ku? -Zoʻrman. Koʻlimdagi “tuz”lar qanaqaligini nega soʻramayapsiz? -Menga qizigʻi yoʻq. Istasangiz, mayli, ayting. -“Tuz”ning bittasi vijdonim, ikkinchisi qonun. -Katta ketmang, bu oʻyinda ikkovini ham uradigani topiladi. Oʻlmas “oʻzingga ham koʻlingdagi shu ikki “tuz”ingga ham tupurdim!” deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling