I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 59 library.ziyonet.uz/ darajada qalbining tub-tubiga muhrlanib qolgan edimi? Shuni oʻylaganda Ibrohim battar eziladi. Aslida ayrim odamlarning ba’zi gunohlarini sira kechirmagan ham ma’qul. Lekin musulmonlik burchi bunga yoʻl qoʻymaydi. Musulmon farzandining uch kundan ziyod arazlashishga haqqi yoʻqligi, kechirimli boʻlishga majburligi koʻp gunohlarning bahridan oʻtilishiga sababdir. Ibrohim zimmasida ana shu majburiyat borligini bilguniga qadar koʻp vaqt akasi va kennoyisidan nafratlanib yurdi. Keyin ularning huzuriga oʻzi keldi... Ularga bu gʻalati tuyuldi. Akasi “Yangang bilan borib sendan uzr soʻramoqchi edik”, dedi. Ibrohim aslida akasining bunday niyati yoʻqligini, gap til uchida aytilganini sezdi. Lekin sir boy bermay: “Siz akasiz, har qanday sharoitda ham uzr ukadan lozim”, -dedi. Yangasi “oʻshanda ayb ish qilib qoʻygan ekanman”, demadi. Aksincha, eri oshxonaga kirgan paytda “ukangiz bekorga kechirim soʻrab kelmagandir”, deb qoʻydi. Ibrohim buni ham sezdi. Osh pishib, bir-ikki osham olingunicha gap-gapga qovushmasa ham chidab oʻtirdi. Ketar mahali yonidan gazetaga oʻralgan bir dasta pul chiqardi: “Aka, katta qurilish qilibsiz, uka boʻlib hasharga kelolmadim. Hali chala ishlar koʻp ekan, ustalarga ishlatarsiz”, deb uzatdi. Shavkat “olmayman”, deyavergach, dasturxonning bir uchini qayirib xontaxta ustiga qoʻydi-da, xayrlashib chiqib ketdi. Pulning koʻpligini koʻrib Farida ajablandi. “Ukangiz shunaqa toparman boʻlib ketganmi, qayerda ishlayapti oʻzi?”- deb soʻradi. Ukasidan mutlaqo xabar olmaydigan aka bu savolga nima deb javob berardi: yelkasini qisib “bilmayman” deyishdan oʻzga chorasi yoʻq. Pulga mahliyo boʻlib turgan er-xotin Ibrohimning yaqin tanishidan qarz koʻtarganini oʻylab ham koʻrishmasdi. Bu pulni bergan kishi shu uy poydevoriga birinchi qator gʻishtlarni terib, soʻng ketib qolgan usta ekani ularning yetti uxlab bir tushiga kirmagan edi. Ibrohimning bemehr akasi aynan shu Shavkat ekanini oʻshanda usta ham bilmas edi. Shavkat vafot etganida Ibrohimga ta’ziya bildirish uchun kelgandagina bundan xabar topdi-yu, ammo bu xonadon egalarini tanishini oshkor qilmadi. Akasidan kechirim soʻrashdan avval Ibrohimning tushiga onasi kiraverdi, “akangdan xabar ol”, deyaverdi. Undan avval usta Umar qori kechirimli boʻlish haqida qancha gapirmasin, qulogʻiga olmayotgan edi. “Ular musulmonchilikni bilishmasa ham men ularga musulmonchilik qilayinmi, yoʻq, qori, bu haqiqatingizni tan olmayman”, deb qattiq gapirgan vaqti ham boʻldi. Usta uning oʻjarligidan ranjisa-da, da’vatini sabr bilan davom etgan edi. U Ibrohimni kibrda ayblardi. Holbuki, Ibrohim oʻzining kamsitilgani uchun emas, onasiga mehr koʻrsatilmagani uchun akasidan ranjigan edi. Buni u hech kimga, hatto qadrdoni boʻlib qolgani usta Umar qoriga ham aytmagandi. Bu dunyoda onasiga mehr koʻrsatmagan oqibatsiz farzandlar oz emas. “Oq sutimga rozi emasman”, deb oq qiluvchi onalar esa koʻp emas. Onasi jon berganida Ibrohim qamoqdan chiqib kelayotgan edi. “Har ikkala oʻgʻlimdan mingdan-ming roziman”, degan gapini qoʻshnisi eshitib, keyin unga bildirgan. Shu koʻshnisi ikki oʻgʻil nomidan rozilik soʻragan ekan... Ibrohim bu odatning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini bilmaydi. Har holda yoʻqdan koʻra bor, degandek jigarning nomidan begona rozilik soʻrasa yomonmasdir. Ibrohimning yoʻrigʻi boshqa. Akasiniki... Boshqa odamning rozilik soʻrashiga ham chidash mumkin, lekin janozada, tobut yonida begonaning turishi. “Ikki oʻgʻlim , ikki qanotim bor”, deb umid bilan yashayotgan onaning soʻnggi yoʻlga ketayotganida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling