I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 62 library.ziyonet.uz/ va xayrli oqibat beradi. Koʻnglini ogʻritgan boʻlsa armon bulogʻining achchiq suvidan ichaverib, yurak-bagʻri kuyib yashaydi. Ibrohim onasiga yaxshi xizmat qilgan boʻlsa-da, uning soʻnggi nafasida labiga bir tomchi suv tomizolmaganidan armonda yashaydi. Ba’zan “akam ham armon qilarmikinlar?” deb oʻylaydi. “Har qanday toshbagʻirda ham armon topilar”, deb fikr qiladi. Onaning zarra miqdoridagi mehriga farzand qay miqdorda javob qaytarishi kerak? Oʻn karrami yo ming karra ortiqmi? Yoki million-millionlarchami? Bu xususda rivoyatlar, dono gaplar koʻp, ammo hech kim aniq javob bera olmaydi. Bu miqdor har bir farzandning iymoni darajasiga bogʻliq. Kimdir onasi hayot chogʻida butun jonu dili bilan xizmatini bajaradi, vafotidan keyin doimiy ravishda duolari bilan ziyorat qilib tursa-da, farzandlik burchini yaxshi ado etolmadim-a, deb oʻksinib yuradi. Kiyomatdagi boʻlajak diydordan umidvor boʻlib yashaydi. Yana kimdir onasigi bir marta olib bergan roʻmoli bilan kifoyalanadi. Ibrohimning nazarida akasi shundaylardan edi. Holbuki... Tong sahar va shom arafasi oʻzlarining tomorqalarida, kunduzi kolxoz dalasida ishlab tolmagan onasi, kechasi lipillab yonayotgan pilik yorugʻida doʻppi tikardi. Rayon markazida yashaydigan xotin unga mato va ipak tashlab ketardi. Onasi qora, koʻkimtir matolarga ipakda qalampir nusha gul tikardi. Rayon markazidan keladigan xotin “ovsin, dalangiz oʻlgurga chiqmay qoʻya qoling, menga koʻproq tikib bering. Siz tikkan gullar kulib turadi. Qoʻlingiz ham yengil, doʻppilarim bir pasda sotiladi”, derdi. Bunga javoban onasi hazin jilmayib: “voy, qiziqsiz-a, dalaga chiqmasam “xalq dushmani”, deb otishadi- ya!” derdi. Shavkat pilik yorugʻida kitob oʻqib oʻtirib uxlab qolardi. Ibrohim uyqusi kelsa ham, mushtlari bilan qovoqlarini uqalab, onasining yotishini kutardi. Shavkat maktabni bitiradigan yili onasi ikki-uch kun deyarli uxlamasdan doʻppi tikdi. Buning sababini Ibrohim keyinroq bildi: rayon markazidan qatnaydigan xotin Shavkatga atab yangi koʻylak olib keldi. Oʻsha zamonlar yoshlarga rasm boʻlgan kashtali koʻylak Ibrohimning ham havasini keltirdi. Onasi buni bilib: “senam maktabni bitiradigan yiling shunaqa koʻylak olib beraman. Endi akang katta boʻlib qoldi, qizlar qaraydi, yaxshi kiyinishi shart”, deb qoʻydi. Ibrohim oʻqishni bitiradigan yili unga bunday koʻylak kiyish nasib boʻlmadi. Chunki shaharda oʻqiyotgan Shavkatning harajatlarini qoplashdek muhim muammo mavjud edi. Buni bilgani uchun ham Ibrohim indamadi. “Onamni ortiqcha urintirmayin, va’dalari eslaridan chiqib ketgandir”, deb oʻyladi. Oh, farzand-a! Bunchalar sayoz oʻylamasa! Ona va’dasini unutarmidi!? Yodida edi. Qoʻli kaltaligidan yuragi oʻrtanardi. Kichigining oʻksib qolishi uning uchun gʻoyat zoʻr azob edi. Turmushlari avvalgidan sal yaxshilangan boʻlsa-da, shunga yarasha orzu-havas ham ortib borardi. Shavkatning shahardagi harajatlari yoniga endi toʻy tashvishi ham qoʻshilgandi. Onasi otasiz oʻsgan bolasini oʻksitmaslik uchun toʻyni katta qilish orzusi bilan yashardi. Bola esa bu masalani osonlik bilan hal etgandi: birga oʻqiydigani Farida bilan ahdu- paymon qilib qoʻygandi. Shavkatga ichkuyov boʻlish sharti qoʻyilganda ikkilanmay rozi boʻldi. Onasi bilan maslahatlashib ham oʻtirmadi. Uning nazarida boshiga baxt qushi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling