I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
24 
library.ziyonet.uz/ 
 
deb qoʻydi. 
 
-Oʻzingcha nimalar deyapsan? - deb ajablandi Toʻlqin. 
 
-Ikki kundan beri oʻz yogʻimga oʻzim qovrilib, ado boʻlyapman, -dedi Robiya nolib. - 
Keliningiz ertalabdan diydiyosini boshlayapti. U yoqda u meni qovuradi, bu yoqda siz. 
 
-Men seni qovurayotganim yoʻq, - dedi Toʻlqin hotirjamlik bilan, - men indamay 
choyimni ichib oʻtiribman. 
 
-Ha, siz indamaygina choyingizni ichaverasiz. Keliningizni bilmaysizda, a? Uning tilidan 
tomgan bir tomchi zahardan yuzta ilon shishib oʻladi. 
 
Toʻlqin qarasa-ki, xotinining avzoyi buzila boshlayapti. Boshqa xotinlarday janjal qilish 
Robiyaga xos boʻlmasa-da, Toʻlqin uning koʻngliga yengillik berish uchun hazil qildi: 
 
-Gaping toʻgʻri, shuning uchunam bu atroflarda ilon zoti qirilib ketgan. Ovsiningni koʻrsa 
suratdagi ilonning ham rangi oʻchib ketadi. 
 
Toʻlqin adashdi. Uning hazili xotini xasratini battar alanga oldirdi. 
 
-Masxara qilmang, - dedi Robiya yigʻlamsirab, - oʻsha zaharli nish menga sanchilyapti. 
 
-Xoʻp, nimaqil, deysan? 
 
Ota-onasi oʻrtasida boshlanayotgan bu suhbat ishtirokchisiga aylanmaslik uchun 
Salohiddin sochiqni olib, labini artdi-da oʻrnidan qoʻzgʻoldi. Oʻgʻlining ahdini anglagan 
Toʻlqin bir qarashi bilan uni joyiga qaytardi. 
 
-Sen choyingni ichaver, somsadan ol. Qani, ol, - shunday deb oʻzi ham laganchaga qoʻl 
uzatdi. Keyin xotiniga qarab, oʻsha hazil ohangida davom etdi:- oyijonisi, sen gapiraver. 
Nima qil, deysan, kelinimning tilini kesib itga tashlaymi? Unaqada bu tilni yegan it 
zaharlanib oʻlsa, uvoliga oʻzingqolasan. 
 
Toʻlqinning hazil oʻqlari bu safar ham xato ketdi. Robiya qoʻliga sochiq olib xuddi 
taxlamoqchi boʻlganday silay boshladi. Toʻlqin uning arazi boshlanayotganini sezib
harakatini indamay kuzatdi. 
 
-Men sizga toʻgʻri gapiryapman, - dedi Robiya horgʻinlik bilan. - Shu hovlida tinch 
yashaylik desangiz, ishini qanday qilib boʻlsa ham toʻgʻirlab bering. Siz erta ketib kech 
kelasiz, uning qovoq dimogʻiga men qarashim kerak. 
 
-Qaraging kelmasa qarama, - dedi Toʻlqin qoʻliga olgan somsani yana qayta joyiga 
qoʻyib. - Men oʻsha kuniyoq Sattorga aytganman. Senga kecha ham aytdim: bu ishga 
aralashmayman. 
 
-Ayniydigan mollari bor ekan... 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling