I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 21 library.ziyonet.uz/ jang olib borayotgan ogʻa-iniga iblis “soʻkib xumordan chiqarmiding, jagʻiga musht sol!”, deb akaga fitna qildi. Fitna amalga oshgach, ukaga: “ketmonni olib yelkasiga bir tushirgin, esi darrov oʻziga kelib qoladi”, deb vasvasa qildi. Iblisning bir gapini ikki qilishni oʻziga or deb bilgan uka ketmonni qoʻliga oldi. Iblis endi xotinlarga: “Shunday tomoshadan chetda turasanlarmi, aralashlaring, bir-birlaringni yulsalaring bu dunyodan bearmon ketasanlar. Ovsinining sochini yulmagan, yuzini timdalamagan xotin bu dunyoda yashadim, demasa ham boʻladi”, degan qutqu bilan ularni tashlanishga shay qildi. Ammo ketmonning qoʻlga olinishi Iblisning bu rejasini buzib yubordi. Akaning xotini erini himoya qilish, ukaning xotini esa erini bu jinoyatdan toʻxtatib qolish bilan ovora boʻlib qolishdi. Buni koʻrib turgan usta qoʻlidagi gʻishtni tashladi-da, janjalkashlar tomon yugurdi. Ukaning koʻlidagi ketmonni bir siltashda tortib olib chetga uloqtirdi. Keyin ikkovini akaning omonat qurilgan chaylasi tomon boshladi. Xotinlarni chaylaga yaqinlashtirmadi. Unda anchagacha qolib ketdi. Keyin yonidagi buklama oʻlchagichni oldi-da, har ikkala hovlini oʻlchab chiqdi. Har oʻlchaganda tushuntirib turdi. Nihoyat, oʻrtaga qoziq qoqdi. Aka-uka ixtiyorsiz ravishda bir-biriga qoʻl berib shu ajrimga rozi boʻlishdi-yu, iblisning toʻyini rasvo qilishdi. Iblis bunda yengilsa-da, koʻnglidagi bir ishni bajarib oldi: hamma janjal bilan ovora boʻlib turganida Sattorning uy burchaklariga qoʻygan tangalariga nafasini ufurdi. Oradan oʻn toʻqqiz yil oʻtib, Obodxon aynan shu uyga kelin boʻlib tushdi. Usta aka-uka janjaliga befarq qaragan Shavkatdan chinakamiga ranjidi. Shomga qadar poydevorning burchaklarini raso qilib berdi. Kechki ovqatni yemay jomakorini yigʻishtirdi. -Mulla aka, mening ishim oʻxshamay qoldi. Oʻylab qarasam, yoʻl menga uzoqlik qilar ekan. Men bir kunlik ishimga roziman, siz ham bir kunlik non-tuzingizga rozi boʻling, - dedi-yu, ketdi. Shavkatning lafz, oqibat, nomardlik degan gaplari javobsiz qolaverdi. Usta Shavkatning nazarida gʻisht teruvchilik hunari bilan roʻzgʻor tebratuvchi omi bir odam edi. Shu bois uning ahdini nodonlikka yoʻyib koʻya qoldi. Boshqa usta topish tashvishiga yoʻliqtirgani uchun bir-ikki kun orqasidan soʻkib yurdi-yu, keyin unutdi. Iblis esa ustaning ketganidan gʻoyat shod edi. Kuvonmasinmi! Axir shu usta ishlayotgan joyga yaqinlashishga yuragi dov bermasdi. Gʻishtni terayotib har “bismillah!” deganida badaniga xuddi oʻtkir mix qoqilganday boʻlardi. Iblisning kuni tugʻdi. Chunki u odam iblis uchun oddiy gʻisht teruvchi emas, oʻn bir yoshidayoq hofizi qur’on martabasiga yetgan iymon egasi - Umar qori edi. Oʻn bir yoshidan beri iblisning jonini qiynayotgan usta oʻsha kuni bir yanglishdi: Shavkatga achchiq qilib ketib qoldi. Iymon egasining vazifasi arazlash emas, da’vat qilib, adashganlarni hidoyat topishlariga yordam qilish ekanini unutdi. Shavkatning johilligiga toqat qilolmadi, sabri ojizlik qildi. Bu gunohini keyinroq anglab yetdi, tavba qildi. Tavbasining qabul boʻlgan-boʻlmagani bizlarga noma’lum, vallohi a’lam! Subhi sodiq hech bir xonadonga xiyonat qilmay barchanikiga oʻz vaqtida baravar kirib keladi. Bandalarning ayrimlari tong xushxabarini yangi kunga yetkazgani uchun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling