I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 19 library.ziyonet.uz/ Yer ajratilgan kunning ertasiga Shavkat Faridani boshlab keldi-da, rejasini bayon qildi: -Oʻrtada darvozaxona, oʻng tomonda uch uy bir ayvon, chap tomonda ham uch uy bir ayvon quramiz. Bu gapni eshitib ish koʻlamini koʻz oldiga keltirgan Faridaning vahmi keldi: -Sal kichikroq qilib qura qolmaymizmi? - dedi u. -Boʻladigan ishning vaqtida boʻlgani yaxshi, - dedi Shavkat. - Tasavvur qilgin: oʻng tomonda katta kelining, chap tomonda kichigi “oyijon, choy iching”, deb xizmatingni qilib tursa... -Biz-chi,qayerda yashaymiz? -Bizmi?.. Keyinroq etakka sen aytganday kichikroq uycha quramiz. Baland boʻlmaydi, bitta zina bilan chiqiladi. Qarilikning ham hisobini olib qoʻyganman. Shavkatning bu umidida “Xudo xohlasa” degan niyatning yoʻqligidan mamnun iblis oʻshanda kulib koʻygan edi. Shavkat oʻshanda uzoq qarilikning hisobini olib qoʻygan edi- yu, biroq, umrining qisqa boʻlishi, bir yil ichida er-xotinning dunyoni tashlab ketishi mumkinligini oʻylamagandi. Poydevorga birinchi gʻisht qoʻyilayotganda ham iblis shu atrofda ivirsib yurgan edi. Usta qoʻliga gʻisht olmay turib xayrli duo qilayotganida uni titroq bosdi. Yetti qat yerning tagiga kirib ketay dedi. Lekin duoning kuchini kesib tashlamay turib nari ketishni istamadi. Chidab, payt poylab, kutdi. -Qani, mulla aka, tangalarni bering, - dedi usta. Shavkat ustaning kechagi gapi bilan toʻplab qoʻygan tangalarining yarmini toʻngʻichiga, yarmisini kenjasiga berdi. Toʻlqin tangalarini oʻng tomondagi uy burchagiga bittadan qoʻyib chiqdi. Usta pichirlaganicha duo qila-qila tangalar ustiga loy tashlab, gʻisht bostirdi. Sattor tangalarini mahkam changallaganicha ustaning harakatlariga tushunmay qarab turaverdi. -Ha, toy bola, sen nega pullaringni qoʻymayapsan? - deb soʻradi usta unga kulib qarab. -Amaki pulni nega qoʻyyapmiz? - deb soʻradi Sattor. -Taomili shunaqa-da, bu uyga Alloh xayru baraka, hotirjamlik beradi. Aka-uka totuv yashasanglar, Alloh senlarni boyu badavlat qiladi. Inoqlik boʻlmasa - uydan baraka qochadi. Sattor “taomil”, “xayru baraka” degan soʻzlarga tushunmasdi. Shu sababli changalidagi tangalardan ajralishni istamay yana bir oz turdi. Shavkat oʻgʻlining bu holatini anglab kulimsiradi-da, qoʻlidan yetaklab chap tomondagi uy burchagiga boshladi. Evaziga qogʻoz pul va’da qilingach, Sattor tangalarini burchaklarga chaqqon ravishda qoʻyib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling