I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 18 library.ziyonet.uz/ -Aka, shu paytda haq talashmay turing. Oʻsha aylanma yoʻldan kuniga milliontasi oʻtadi. Ish chuvalashmay turib, borib kela qolaylik. -Qiziqsan. Mening borishimdan nima foyda? Men chegarachi boʻlmasam, bojxonada ham ishlamasam. Kichkinagina bir milisa boʻlsam... -Oʻsha yerda ham oʻzingizga oʻxshash “kichkinagina” milisa bordir, ehtimol tanish chiqib qolar. “Kichkinagina milisa” ba’zan katta muammolarni ham hal qilib tashlaydi. -Shunday abjir xotining eplay olmagan ishni ikkalamiz eplay olarkanmizmi, esing bormi? -Aka, bir ish tushganda qaysarlik qilmay, xoʻp deya qolsangiz nima boʻlarkin? -Xoʻp, ukajon, sen uchun ming marta xoʻp. Lekin hozir hech qayerga bormayman. Ertaga surishtirib koʻraman. -Unda kirib “yordam beraman”, deb keliningizni ovutib qoʻying. -Xotining quruq gapga ovunmaydi. Molini olmagunicha oʻzi ham tinchimaydi, seni ham tinchitmaydi, - Toʻlqin shunday deb uyi tomon yurdi-da, balandroq ovozda xotinini chaqirdi:-Ishdan kelgan eriga choy-poy beradigan insofli xotin bormi bu uyda? Toʻlqin “seni ham tinchitmaydi”, deb sal adashdi. Kelgusi kunlar ichi oʻzining ham gʻalva toʻfoniga uchrashini bilganida “Hammamizni tinchitmaydi”, dermidi. U savdo ahlining boshiga shunaqa, hatto bundanda battar tashvishlar tushishini bilgani sababli ularga hamdard boʻlmadi. U ham, Robiya ham buni oʻtkinchi tashvish, deb bilib yanglishishayotgan edi. Bu tashvish bulutining koʻlami gʻoyat keng - faqat Sattorning emas, aka-uka xonadonini baravar egallab oladigan edi. Undan yogʻiladigan hasrat va nadomat yomgʻiri ham har ikkala oilaga yetib ortardi. Bu balo buluti, bu gʻavgʻo yomgʻiri iblis boshlayotgan toʻyu tantananing darakchisi edi. * * * Shu imoratga dastlabki gʻishtlar qoʻyilayotganda iblis bu uyda ham yillar oʻtib boʻlsa-da, toʻy qilishni niyat etib edi. Nihoyat, umidiga yetay deb turibdi. Oʻttiz toʻqqiz yil muqaddam shu yerlarda iblisning qiladigan ishi deyarli yoʻq edi. Bundagi bogʻlar ham, huddi jannatdan quvilgani kabi, goʻyo unga harom etilgan edi. Doimiy ravishda ish bilan band bogʻbonlar dam olishga oʻtirgan chogʻlarida iblis ularning davrasiga yaqinlashardi-da, nafasini ufurardi. Ularni gʻiybatga tortib, lazzatlanib ketardi. Katta shahar zilziladan bir tebranib olgach, odamlar atrofga tariq singari sochildilar. Bogʻlar buzilib, shaharliklarga boʻlib berildi-yu, uylar shitob bilan tiklana boshlandi. U damda Toʻlqin toʻqqiz, Sattor esa besh yoshda edilar. Togʻli qishloqdan shaharga oʻqishga kelib, soʻng olimlikni ixtiyor qilgan Shavkatga shu zilzila bahona uy qurish uchun yer ajratib berilgandi. Unga qadar “ichkuyov” martabasida yashab kelgan Shavkatga bu baxtiyorlik saroyi eshigining lang ochilishi boʻldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling