I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
20 
library.ziyonet.uz/ 
 
chiqdi. 
 
Bu onda koʻchaning narigi betidagi uy tomondan shovqin eshitildi. Usta savol nazari 
bilan Shavkatgaqaradi. 
 
-Aka-ukalarga yonma yon uy tekkan ekan, - dedi Shavkat unga javoban. - Qoziqning 
oʻrni talash. Uka “yarim qadam nari boʻlsin”, deydi, akasi:”toʻgʻri qoqilgan, tegma”, 
deydi. Bir haftadan beri shuning janjali. 
 
-Bitta rivoyat bor, - dedi usta, janjal boʻlayotgan tomondan koʻz uzmay. - Ikki odam 
shularga oʻxshab “bu yer meniki, yoʻq, meniki!” deb joy talashayotgan ekan, yer tilga 
kirib “E, nodonlar, talashmalaring, ikkoving ham menikisan”, degan ekan. 
 
-Yaxshi rivoyat ekan, - dedi Shavkat miyigʻida kulib. - Aslida odam bolasiga ikki qarich 
yer kifoya. 
 
-Ikki quloch yeru ikki quloch oq surp, - deb izoh berdi usta. - Dunyoni talashib-talashib 
yetishganimiz shu boʻladi. Lahadga bir sandiq tillasi bilan qoʻyilgan odamni kim 
koʻribdi? 
 
-Qoʻyildi, deb tasavvur qilaylik, foydasi bormi? 
 
-Gapingiz toʻgʻri. Eng avvalo shu tillani qanday topganiga hisob beradi. Shuncha tillani 
hech qachon halol yoʻl bilan topib boʻlmaydi. Demak, yiqqan dunyosi oʻzining boshiga 
balo boʻladi. Qolaversa, qil koʻprikdan tilla toʻla sandiqni minib oʻtmaydi. 
 
-Fikringiz xurofot boʻlsa ham qiziqarli, - dedi Shavkat. 
 
-Sizga oʻxshagan olim odamlarning shu odatlaringiz chatoq. Qiyomatdan gap ochilsa
darrovda xurofot deb malomat qilasizlar. 
 
-Ilm shunaqa boʻladi, usta aka. Bor narsani bor deymiz, yoʻq narsani yoʻq deymiz. Odam 
tugʻiladi, yashaydi, oʻladi. Tamom. Boshqa gap yoʻq. 
 
-Mulla aka, men omi odamman. Gapingizga qarshi boʻlsam ham bir nima deya 
olmayman. Keling, men gʻishtimni teray, siz oʻsha ilmingizni qiling. Qolganini 
qiyomatda Allohning oʻzi bir yoqlikqilib olar. 
 
-Yana qiyomat deysiz-a? 
 
-Mulla aka, siz ishongan ilmingizda qattiq turasiz, men ishonganim Allohdan 
qaytmayman. Keling, boshqa gaplardan gapiring. Birov Allohga qarshi bir nima deb 
qoʻysa qattiq gʻazablanadigan odatim bor. Ishni boshlamay turib arazlashmaylik. 
 
-Johil boʻlsangiz ham dono ekansiz. Tamom. Boshqa gap yoʻq. 
 
Oʻziga “johil” jandasi kiydirilganidan ustaning astoydil jahli chiqsa-da, tinchlik sulhini 
oʻzi taklif qilgani uchun qarshi soʻz aytmadi. Bu orada koʻchaning narigi betida dahanaki 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling