I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 17 library.ziyonet.uz/ “Ha, pulam oʻlsin-a!” deb koʻysa-da, qaynisi bilan birgalikda uni ovutishga kirishgandi. Ovunay deb qolgan Obodxon faryodining sal yumshagan holdagi ikkinchi koʻrinishi boshlanganida Toʻlqin ostona hatlab uyga kirayotgan edi. Xavotir zambaragidan oʻqqa tutilgan Toʻlqin ukasining ayvoniga qanday yugurib kirganini oʻzi ham bilmay qoldi. Uni birinchi koʻrgan Robiya salomlashishni ham unutib, shoshilganicha: -Adasi, havotirlanmang, Obodxon mollarini oldirib qoʻyibdilar, - dedi. “E, moling bilan...”, deb ichida soʻkingan Toʻlqin bir pas shu yerda turishni ham, orqasiga qaytishni ham bilmadi. -Xudoning zorini qildim-a, yer yutkurlarning birontasi yumshamadi. Xa, boʻylaring lahadda chirigurlar-a! Odatda kelin, ayniqsa uzoq safardan qaytgan kelin qaynogʻasini koʻrganda salom berardi. Obodxonning hozirgi qargʻishi salom oʻrniga yangradi. Kelinning salomiga alik olgan qaynogʻa til uchida boʻlsa ham “eson-omon borib keldingizmi?”-deb qoʻyardi. Salom ham yoʻq, alik ham yoʻq. Xol soʻrash ortiqcha - hammasi shunday bilinib turibdi. Toʻlqin biron soʻz aytmay, orqasiga oʻgirildi. Robiyaning eriga ergashish niyati bor edi, biroq, oʻrtadagi mehr-oqibatga xiyonat qilmay, deb ovsinining yonida qoldi. Bechora ayol, sodda ayol! Aka-ukalar oilasi orasida mavjudligi shart boʻlgan mehr-oqibatning lazzatli suvini iblis qurita-qurita sahrodagi tashna quduq holiga keltirib qoʻyganini u qaydan bilsin? Mol achchigʻidagi ovsinining “Bu nega tepamda qoqqan qoziqdek turib oldi, eriga qoʻshilib gumdon boʻla qolmaydimi?” degan oʻyda oʻtirganini bilsa edi, yarim nafasga ham chidamay, yurib emas, uchib chiqib ketardi bu uydan. Akasining indamay chiqib ketayotgani Sattorga malol kelib, unga ergashdi. -Aka, borib kelsakmikin? - dedi ayvon zinasidan tusha turib. Toʻlqin toʻxtab, oʻgirildi. Ukasining maqsadini anglagan boʻlsa ham: -Qayoqqa? - deb soʻradi. -Chegaraga... bojxonaga. -Xoʻp, bording, deylik. Keyin-chi? -Gaplashib koʻrarmidik. -Molini bekorga olib qoʻyishmagandir. Ishining biron chatogʻi bordir, xat-hujjat qilib koʻyishgandir? -Aylanma yoʻldan oʻtib kelishayotgan ekan. -Ana, koʻrdingmi? Haq ular tomonda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling