I b o‘ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari 1-bob. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Moddiy ehtiyojlar – bu moddiy ko‘rinishdagi ne'matlar vositasida


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/25
Sana07.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1175414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
1.mavzu

Moddiy ehtiyojlar – bu moddiy ko‘rinishdagi ne'matlar vositasida 
qondiriluvchi zaruratdir. Bular iste'mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy 
predmetlarni (ishlab chiqarish va transport vositalari,
oziq-ovqat, kiyim-kechak
turar-joy va h.k.) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, turli bezaklar va 
h.k.) o‘z ichiga oladi.
Ma'naviy ehtiyojlar – bu insonning shaxs sifatida kamol topishi
dunyoqarashi va ma'naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan 
nomoddiy ne'mat va xizmatlarga bo‘lgan zaruratdir. Ular kishilarning bilim va 
dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, turli 
ma'naviy yo‘nalishdagi xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ehtiyojlardan iborat 
bo‘ladi. 
Ehtiyojlarni iste'mol qilish tavsifiga ko‘ra Shaxsiy va ishlab chiqarish 
ehtiyojlariga ajratish mumkin. 
Shaxsiy ehtiyojlar – kishilarning pirovard iste'moli uchun mo‘ljallangan 
mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan zarurat. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, 
Тақсимот
жараёни 
Ишлаб чиқариш жараёни 
Истеъмол жараёни 
Айирбошлаш жараёни


14 
uy-ro‘zg‘or buyumlari, shaxsga ko‘rsatiladigan turli xizmatlar Shaxsiy ehtiyojlarni 
namoyon etadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari – mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy 
resurslarga bo‘lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (neft, paxta 
va h.k.), materiallar (po‘lat, yog‘och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish 
mashinalari (yuk mashinasi, ekskavator, buldozer va h.k.), ishchi kuchi va 
boshqalarni kiritish mumkin. 
Shuningdek ehtiyojlarni Yakka tarzda va birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar; 
birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; Yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat 
ehtiyojlari kabi turlarga ajratish mumkin. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling