12
haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoylar – barchasi taqsimot jarayonidan o‘tadi.
Ular aynan mehnat taqsimoti va ixtisoslaShuv tufayli
turli-tuman faoliyat va
jarayonlar bo‘yicha o‘z o‘rnilarini topadilar.
Shuningdek , tayyor bo‘lgan non mahsulotini sotishdan olingan daromad ham
turli kasb egalari – traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoy o‘rtasida,
mulk egalari o‘rtasida taqsimlanadi. Ular mahsulotdagi o‘z
ulushlarini ish haqi
yoki foyda, foiz, renta ko‘rinishida oladilar.
Taqsimot qancha adolatli va to‘g‘ri bo‘lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga
Shuncha ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, uni rag‘batlantiradi.
Ayirboshlash – jamiyat a'zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab
chiqarish natijalari bo‘yicha ma'lum bir o‘lcham (masalan, qiymat miqdori)
asosida o‘zaro almashish jarayoni. Mehnat taqsimoti
natijasida ayrim guruh
kishilar tovar va xizmatlarning ma'lum turlarini ishlab chiqarish va etkazib
berishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sotib,
o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Jumladan, bizning
misolimizdagi nonvoy ham o‘z mahsuloti – nonni sotib, tushgan puliga qassobdan
– go‘sht, dehqondan – sabzavotlar, do‘kondordan – kiyim-kechak va boshqa zarur
tovarlarni sotib oladi.
Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat
ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa –
ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi
jarayoni sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: