I b o‘ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari 1-bob. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Ushbu Cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/25
Sana07.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1175414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
1.mavzu

Ushbu Cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining 
to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar 
va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy 
mazmunini tashkil etadi. 
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: jahon 
iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud iqtisodiyoti, 
korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba'zan ularni yaxlitlashtirib, 
1
Зубко Н.М. Экономическая теория. - Минск: НТЦ АПИ, 1998. 61-б. 


11 
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, 
shakllari qanday bo‘lishidan qat'iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo‘ysungan: 
u ham bo‘lsa insoniyatning yashashi, ko‘payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit 
yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib 
borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning 
poydevorini tashkil etib, uning o‘zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud 
bo‘lmaydi va mazmunga ham ega emas.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati 
bo‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
1) ishlab chiqarish jarayoni;
2) taqsimlash jarayoni;
3) ayirboshlash jarayoni;
4) iste'mol qilish jarayoni.
Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi 
uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne'matlarni yaratish jarayoni. Barcha tovar va 
xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab 
chiqarishning eng asosiy va boshlang‘ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab 
chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste'mol qilinadigan 
narsalar bo‘lmaydi. 
Misol uchun, odamlarning non mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish 
uchun eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirish lozim: ekin 
maydonlarini haydash va ularga ishlov berish; erga urug‘ qadash va unib chiqib, to 
hosil etishguncha parvarishlash; g‘allani o‘rish va don omborlariga joylash; donni 
tegirmondan chiqarib, un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki 
nonvoyxonalarda non tayyorlash. O‘z o‘rnida, har bir jarayon uchun kerakli 
bo‘lgan mehnat vositalarini ham ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, ekin 
maydonini haydash uchun traktorlar, omochlar; urug‘ qadash uchun seyalkalar
g‘allani o‘rish uchun kombaynlar; omborga tashish uchun yuk mashinalari; donni 
yanchish uchun tegirmonlar; non yopish uchun tandirlar va hokazo. Agar bu 
vositalarning birortasi bo‘lmasa, yo ishlab chiqarish jarayoni to‘xtaydi yoki 
samaradorligi pasayib ketadi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling