I b o‘ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari 1-bob. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Guruhiy ehtiyoj – bu ma'lum guruh yoki jamoalarga birlashgan


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/25
Sana07.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1175414
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
1.mavzu

Guruhiy ehtiyoj – bu ma'lum guruh yoki jamoalarga birlashgan 
kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir 
mehnat jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o‘z tarkibi va darajasi jihatidan farq 
qiladi. Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar oilasi besh kishidan iborat bo‘lsin. Ota 
shifokor, ona – o‘qituvchi, ikki o‘g‘il – talaba, qiz – maktab o‘quvchisi. 
Zokirovlar oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi – nafaqada, ota – injener, 
ona – uy bekasi, qiz – talaba va o‘g‘il – maktab o‘quvchisi. Har ikkala oilaning 
tarkibi va faoliyat turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ularning oilaviy 
ehtiyojlari ham o‘z tarkibi va darajasiga ko‘ra farqlanadi. Xuddi Shuningdek
mebel ishlab chiqaruvchi korxona mehnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi 
jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat jamoasinikidan boshqacha bo‘ladi.
Hududiy ehtiyoj – bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi 
kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Inson muayyan hududda istiqomat 
qilganliklari sababli, uning ba'zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi 
barcha insonlarning umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, har bir 
mahalla o‘zining guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish 
shoxobchalari, bolalar bog‘chasi, dam olish joylari, istirohat bog‘lari va boshqa 
inshootlarga ehtiyoj sezadi.   
Umumjamiyat ehtiyojlari – bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar 
uchun umumiy bo‘lgan ehtiyoj. Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha 
uchun umumiy bo‘lgan ne'matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan, mamlakat 
chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt 
farovonligi, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori darajada 
amalga oshirilishi va boshqalar. 
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta'sir ko‘rsatadi: 
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
v) tabiiy-geografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an'analar va urf-odatlar;
d) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy, Shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish 
mumkin emas. Jamiyatda har bir ma'lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar 
mavjud bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, keng 
reklamaning ta'siri va savdoning rag‘batlantirishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va 
ko‘payib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya'ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, 
muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib 


16 
va o‘sib borishi tabiiy bo‘lib, uni o‘ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling