I b o‘ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari 1-bob. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Iste'mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/25
Sana07.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1175414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
1.mavzu

Iste'mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning 
ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni. Iste'mol takror ishlab chiqarishning oxirgi 
fazasi bo‘lib, bu jarayon orqali jamiyat a'zolarining turli-tuman ehtiyojlari 
qondiriladi. Iste'mol ikki turda bo‘ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste'moli va 
Shaxsiy iste'mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish 
jarayonida foydalanish unumli iste'mol deyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko‘mir 
yoki tabiiy gaz, o‘simlik moyi – bularning barchasi unumli iste'mol hisoblanadi. 
Chunki, bularning barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Iste'mol buyumlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida o‘z ahamiyati bo‘yicha 
pirovard ravishda ishlatilishi Shaxsiy iste'mol deyiladi. Nonvoy tayyorlagan 
nonning odamlar tomonidan sotib olinib, iste'mol qilinishi Shaxsiy iste'molni 
anglatadi. Mahsulot va xizmatlar Shaxsiy iste'molidan so‘ng, ular o‘rniga yana 
yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo bo‘ladi. 
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to‘xtovsiz 
takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni quyidagi 1.1-chizma orqali 
tuShunish osonroq bo‘ladi. 
1.1-chizma


13 
Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi 
harakati 
 
 
 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi va 
iqtisodiy resurslarning Cheklanganligidir. 
Bu masalani to‘g‘ri tuShunish uchun, eng avvalo, ehtiyojning mohiyatini, 
uning turlarini bilish zarur. 
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi 
uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurati iqtisodiyot 
nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi. 
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma'naviy, siyosiy 
ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar 
kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun turli ne'matlar hamda 
xizmatlarga zaruratdan iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy 
ehtiyojlar moddiy va ma'naviy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling